Tog‘aev Suxrobjon Miraxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gen-nokaut usulida yaratilgan Porloq-1 g‘o‘za navini parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish (Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z va Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01-“Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik” (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx196.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Saydulla Maqsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik hamda Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida Porloq-1 g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul sug‘orish tartiblari, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va ko‘chat qalinligini ilmiy asosda ishlab chiqish hamda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi klaster, fermer xo‘jaliklariga agrotavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik va Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi gen-nokaut usulida yaratilgan “Porloq-1” g‘o‘za navidan yuqori hamda sifatli hosil etishtirishda maqbul sug‘orish tartiblari, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari va ko‘chat qalinligi ishlab chiqilgan;
o‘rganilgan g‘o‘za navining maqbul sug‘orish oldi tuproq namligi, sug‘orish soni, tizimi, davomiyligi va mavsumiy sug‘orish me’yorlari aniqlangan;
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida gen-nokaut usulida yaratilgan “Porloq-1” g‘o‘za navini 80–90 ming tup/ga ko‘chat qalinligida, N220, P154, K110, kg/ga ma’dan o‘g‘itlar me’yorida va tuproqning cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) ga nisbatana 70–70–65% namlikda sug‘orib parvarishlanganda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga hamda hosildorligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida gen-nokaut usulida yaratilgan “Porloq-1” g‘o‘za navini 100–110 ming tup/ga ko‘chat qalinligida, N260, P182, K130, kg/ga ma’dan o‘g‘itlar me’yorida va tuproqning cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) ga nisbatana 70-70-65% namlikda sug‘orib parvarishlanganda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga hamda hosildorligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
sug‘orish tartiblari, ko‘chat qalinligi va oziqlantirish me’yorlarining Porloq-1 g‘o‘za navida bir sentner hosil etishtirish uchun ketgan suv sarfiga ta’siri hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining tipik bo‘z hamda Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida Porloq-1 g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil olish uchun maqbul sug‘orish tartiblari, ko‘chat qalinligi hamda ma’dan o‘g‘it me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tajraba natijalari asosida:
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Porloq-1 g‘o‘za navini maqbul ko‘chat qalinligi, hamda suv-oziqa me’yorlari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun “Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Porloq-1 g‘o‘za navini maqbul ko‘chat qalinligi hamda suv-oziqa me’yorlarini ishlab chiqish” mavzusida tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi №02/020-3866-son ma`lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, klaster hamda fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida, Porloq-1 g‘o‘za navida sug‘orish agrotexnikasini qo‘llashda ChDNSga nisbatan 70-70-65% namlikda sug‘orilganda, ma’dan o‘g‘itlar me’yori N220, P154, K110 kg/ga, ko‘chat qalinligini 80-90 sming tup/ga qoldirib parvarishlash bo‘yicha agrotadbirlar jami 357 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi №02/020-3866-son ma`lumotnomasi). Natijada har bir gektar maydondan o‘rtacha 38,7 s/ga paxta hosili olinib, ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 4,2 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 10-15% ga ortgan;
Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ko‘chat qalinligini 100-110 ming tup/ga, sug‘orish tartiblarini ChDNSga nisbatan 70-70-65% namlikda sug‘orish, ma’dan o‘g‘itlardan N260, P182, K130 kg/ga me’yorlarda qo‘llash Guliston tumanida 158 gektar, Sirdaryo tumanida 124 gektar hamda PSUEAITIning Sirdaryo ITS dalasida 4 gektar, jami 286 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi №02/020-3866-son ma`lumotnomasi). Natijada o‘simlikning bo‘yi, hosil shoxi, hosil elementlari, ko‘saklar soni, hamda bir ko‘sakdagi paxta vaznining ortishi hisobiga yuqori hosil etishtirilib, ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 3,6 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan hamda rentabellik darajasi 10-12 foizga ortgan.