Kalandarov Baxtiyor Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholi navlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga urug‘ ekish me’yori va ma’dan o‘g‘itlarning ta’sirini o‘rganish”, 06.01.08 – «O‘simlikshunoslik»  (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx.44.
Ilmiy rahbar: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy - tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sholining yangi “Guljahon”, “Ilg‘or” va “Tarona” navlarini o‘sishi, rivojlanishi, hosil elementlarining shakllanishi va don sifat ko‘rsatkichlariga urug‘ ekish va unga mos ravishda azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida yangi rayonlashtirilgan ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar “Ilg‘or” va kechpishar “Tarona” sholi navlarining maqbul ekish me’yori va unga mutanosib ravishda maqbul azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
zarur oziqlanish muhiti yaratilganligi sababli urug‘larni dala unuvchanlik darajasi azotli o‘g‘itlar me’yoriga to‘g‘ri proporsional, oziqlanish maydonining kamayishi sababli urug‘ ekish me’yoriga teskari proporsional ekanligi aniqlangan;
urug‘ ekish me’yori barg sathini shakllanishiga 45-65%, bir o‘simlikning quruq massa to‘plashiga 53-62%, o‘simlik bo‘yiga 21-30% ta’sir etishi, azotli o‘g‘itlar me’yorini esa barg sathini shakllanishi, bir o‘simlikning quruq massa to‘plashi va o‘simlik bo‘yiga mos ravishda 21-40, 30-39 va 68-88% ta’sir etishi aniqlangan;
urug‘ ekish me’yori bilan shishasimonlik (rGuljahon = 0,78; rIlg‘or = 0,86; rTarona = 0,85) o‘rtasida ijobiy, azotli o‘g‘itlar me’yori bilan shishasimonlik (rGuljahon = -0,57; rIlg‘or = -0,49; rTarona = -0,51), guruch chiqishi (rGuljahon = -0,68; rIlg‘or = -0,68; rTarona = -0,68), butun guruch chiqishi (rGuljahon = -0,72; rIlg‘or = -0,65; rTarona = -0,63) orasida salbiy, qobig‘ chiqishi (rGuljahon = 0,63; rIlg‘or = 0,72; rTarona = 0,63) orasida ijobiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sholining yangi rayonlashgan “Guljahon”, “Ilg‘or” va “Tarona” navlarini o‘sib rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yori va unga mutanosib ravishda oziqlantirish me’yori ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sholichilikka ixtisoslashgan fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “O‘zbekistonda sholidan yuqori hosil olish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 02/021-99-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sholichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida sholi navlarini maqbul urug‘ ekish va unga mutanosib ravishda oziqlantirish me’yorlarida etishtirib yuqori hosildorlikka erishish uchun xizmat qilmoqda;
sholining ertapishar “Guljahon” navini etishtirishning maqbul agrotadbiri Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Bekobod tumanlarida 32,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 02/021-99-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 5,9-6,2 sentner qo‘shimcha hosildorlikka erishilib, 3575-4190 ming so‘m sof foyda olingan va rentabellik 29,8-34,9 foizni tashkil etgan;
sholining o‘rtapishar “Ilg‘or” navi Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Bekobod tumanlarida 32,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 02/021-99-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 7,8-8,1 sentner qo‘shimcha hosil olinib, 32,0-37,3 foizgacha rentabellik bilan 4100-4715 ming so‘m sof foyda olingan;
sholining kechpishar “Tarona” navi Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Bekobod tumanlarida 77,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 02/021-99-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 9,5-9,8 sentner qo‘shimcha hosildorlikka erishilgan, 4700-5315 ming so‘m sof foyda olingan va rentabellik 34,2-38,9 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish