Sultanov Alisher Saidabbasovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy neftlar va gazlarni tayyorlash texnologiyalarini ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlari asosida takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T367.
Ilmiy maslahatchi: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neftlar va gazlarni tayyorlash texnologiyalarini ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy neft` va gazlarni sanoat miqyosida qayta ishlashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishga tizimli yondashib, ularning turg‘unligi va bir butunlik ko‘rsatkichlarini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
sanoat miqyosida qayta ishlashga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiluvchi mahalliy suv-neftli emul`siyalar, neftlar va hom-ashyo gazlarining tarkibi va kolloid-kimyoviy xossalarini o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
distirlangan paxta yog‘-kislotasi asosida turg‘un suv-neftli emul`siyalarni parchalovchi deemul`gatorlar va ularning kompozisiyalari ishlab chiqilgan;
mahalliy og‘ir neftlarni deemul`gatorlashda ishlab chiqilgan deemul`gator kompozisiyalarini qo‘llashning optimal shart-sharoitlari aniqlangan;
texnik fosfolipidli sirt faol moddalar asosida yuqori smolali neftlarning qovushqoqligini pasaytiruvchilar yaratilgan;
biplanetar aralashtirgich va ishlab chiqilgan sirt-faol moddadan foydalanib, yuqori qovushqoqli neftlarning oquvchanligini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo asosida xomashyo gazlarini quritish va ishlatiladigan aminli eritmalarni tozalash va ularning tarkibidagi zararli moddalarni selektiv sorbsiya qiluvchi polifunksional ko‘mir-kaolinli adsorbent ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan deemultgatorlar, qovushqoqlikni pasaytirguvchilar, polifunksional ko‘mir-kaolinli adsorbentlar hamda jihozlar va quvurlar korroziyasi ingibitorlaridan foydalanib, mahalliy neft` va gazlarni tayyorlash texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kolloid-kimyoviy xossalari asosida mahalliy neft` va gazlarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zanglash oligomer ingibitorlarini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 03969, 2009 y.) Natijada, mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi zanglash ingibitorlari olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan deemul`gatorlar kompozisiyalaridan foydalangan holda, mahalliy turg‘un suv-neftli emul`siyalarni parchalash texnologiyasi «Jarqo‘rg‘onneft`» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 29 avgustdagi 04-24-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni tayyorlashni 8–10% oshirish va qimmatbaho chet eldan keltiriladigan deemul`gatorlarni mahalliylariga almashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan qovushqoqlik pasaytirgichlarni qo‘llab, yuqori qatronli neftlar oquvchanligini oshirish texnologiyasi «Jarqo‘rg‘onneft`» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 29 avgustdagi 04-24-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektroenergiya va issiqlik sarfini 10–15% va 20–25% ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ko‘mir-kaolinli adsorbenlarni qo‘llab ishlatilgan aminli eritmalarni tozalash texnologiyasi Sho‘rtan GKMda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 29 avgustdagi 04-24-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, xomashyo gazini tozalash darajasini 10–15% oshirish, aminli eritmaning sarfi 7–10% kamaytirish imkonini bergan.