Shermatov Javoxir Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnogen chiqindilar asosida emirilishga va termik chidamlikka bardosh mahsulotlarning texnologik parametrlarini ishlab chiqish», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T650. 
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent qurilish-arxitektura instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: an’anaviy va geliomaterialshunoslik uslubda mahaliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan emirilishga chidamli va issiqqa bardoshli keramik vtulkalar (kernlar) va sterjenlar olish parametrlarini muqobillash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Dolomit - chiqindi Al2O3 - kaolin» sistemasiga «tarkib-hossa» dia-grammasini qo‘llash bilan emirilishga chidamli va issiqqa bardoshli maqbul tarkib tanlash mumkinligi isbotlangan;
yuqori mujassamlashgan quyosh nurlari 250–350 Vt/sm2 oqim zichligida toblash, yuqori haroratli fazalarni fiksatsiya qilish va suvda yuqori tezlikda sovutish (103 grad/s) bilan eritmadan sintez qilingan materialdan mexanik xususiyatlari modifikatsiyalangan 1–3 nm o‘lchamga ega nanozarrachalar olish jarayoni aniqlangan;
eritmadan sintez qilingan materiallarda mujassamlashgan quyosh nurlari oqimida kristall panjaralarning buzilishi bilan metastabil holat yuzaga kelishi aniqlangan va bu orqali materialning birjinsliligi, emirilishga chidamliligi va issiqqa bardoshliligi asoslangan;
an’anaviy keramik va geliomaterialshunoslik uslubida massalarning tarkibi va qayta kristallanish texnologik usullarini tanlash orqali olingan materiallar sanoat korundli mahsulotlar bilan taqqoslangan hamda emirilishga chidamliligi 0,001 g/sm2 va issiqqa bardoshliligi 49 siklgacha etishligi aniqlangan;
sanoat chiqindilari asosida emirilishga chidamli va issiqqa bardoshli keramik vtulkalar (kernlar) va sterjenlar olish muqobil parametrlari aniqlanib, ishlab chiqish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Emirilishga chidamli va issiqqa bardoshli keramik materiallar ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«dolomit - chiqindi Al2O3 - kaolin» tarkibli keramik materiallar tayyorlash resepturasi va texnologiyasi «Olmaliq g’istchisi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZSANOATQURILIShMATERIALLARI» O‘zsanoatqurilish-materiallarisanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2323-son ma’lumotnomasi). Natijada, tannarxi an’anaviy keramik uslubda olingan materiallardan 13,9 %ga arzonlashgan, elektr sarfi 35–40 %gacha qisqargan, xizmat qilish muddati 1,5 marta ortiq keramik vtulkalar (kernlar) ishlab chiqarish va VK-6 markali metall vtulkalarni almashtirish imkonini bergan; 
emirilishga chidamli va issiqqa bardoshli keramik sterjenlar olish texnologiyasi «Med Standard Glass» MChJda amaliyotga joriy etilgan «O‘ZSANOATQURILIShMATERIALLARI» O‘zsanoatqurilishmateriallari-sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2323-son ma’lumotnomasi). Natijada, nisbiy zichligi 6,4 g/sm3, emirilishga chidamliligi 0,001 g/sm2, issiqqa bardoshiligi 49 sikldan kam bo‘lmagan sterjenlar ishlab chiqarish, Xitoydan keltirilayotgan sterjenlarni almashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish