Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr o‘tkazuvchan polimerlarda zaryad tashuvchilar dinamikasini modellashtirish”, 01.04.06 – Polimerlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM138.
Ilmiy rahbar: Matrasulov Davron Urinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yavidov Baxrom Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkazuvchan polimerlarda zaryadlangan solitonlar, eksitonlar va polyaronlar dinamikasini modellashtirish va ushbu jarayonlarni boshqarish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarmoqlangan o‘tkazuvchan polimerlarda zaryadlangan solitonlar transportini tavsiflovchi model` taklif qilingan;
tarmoqlangan o‘tkazuvchan polimerlarda zaryadlangan solitonlarning mobillik xarakteristikalari hisoblangan;
polimerning tarmoqlanish nuqtalari orqali zaryadlangan solitonlarning qaytmasdan o‘tishi uchun shartlar aniqlangan;
tarmoqlangan o‘tkazuvchan polimerlarda eksitonlar dinamikasini tavsiflovchi model` taklif qilingan;
tarmoqlanish tugunlarida eksitonlarning teskari sochilishining mavjud emasligini ta’minlovchi shartlar olingan;
tarmoqlanish tugunlarida eksitonlarning mobillik xarakteristikalari hisoblangan;
tarmoqlangan polimerlarda Su-Shiffer-Xiger modelining umumlashtirilgan turi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektr o‘tkazuvchan polimerlarda zaryad tashuvchilar dinamikasini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tarmoqlangan tizimlar SSH-modeli BF2-022 raqamli «Tarmoqlangan uglerod nanostrukturalarida kvant transporti» loyihasi past o‘lchamli tarmoqlangan uglerod nanotizimlarida kvazizarralarning kvant transporti xarakteristikalarini hisoblashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fizika Jamiyatining 2020 yil 15 iyundagi 3/02-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu modelni qo‘llash past o‘lchamli tarmoqlangan kvant materiallarida kvazi-zarralar transportini boshqarish masalasini echish imkonini bergan;
tarmoqlangan fotovol`taik polimerlarda eksiton transporti modeli o‘tkazuvchan polimerlar asosida yaratilgan yupqa plenkali organik quyosh elementlari konversion samaradorligi bo‘yicha hisoblar quyosh elementlari konversion samaradorligini oshirish va ularning funksional xususiyatlarini optimallashtirishda foydalanilgan (Vuppertal (Germaniya) universitetining 2020 yil 20 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur modelni ko‘llash organik elektron uskunalarda va kuyosh elementlarida paydo buladigan tarmoqlangan polimerlarda eksiton transportini boshqarish masalasini echish va quyosh elementlarining konversion samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan tarmoqlangan polimerlarda zaryadlangan solitonlar transporti modeli organik elektron jihozlar va materiallar funksional xususiyatlarini optimallashtirish orqali ularning resurstejamkorligini ta’minlashga erishishga joriy qilingan (V`yurzburg (Germaniya) universitetining 2020 yil 18 martdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tarmoqlangan Josefson kontaklarida kvant protsessorlari modelini eksperimental amalga oshirish imkonini bergan.