Xolmuratov Ikrom Oqmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining lisoniy tadqiqi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2018.3.PhD/Fil 505.
Ilmiy rahbar: Enazarov Tolib Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Atoullo Rahmatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining kelib chiqishi va nomlanish sabablarini ochib berish, onomastik-grammatik va leksik-semantik xususiyatlarini toponimik tahlil nazariyasi hamda strategiyasiga ko‘ra tavsiflash va tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining lisoniy, onomastik-grammatik, onomastik-morfologik va onomastik-sintaktik kabi lingvistik tabiati ochib berilgan;
o‘zbek tili oykonimlarining Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimiyasiga doir umumiylik, xususiylik va o‘zaro aloqadorlik jihatlari misollar asosida dalillangan;
Janubiy Qoraqalpog‘iston joy nomlari toponimik tahlil nazariyasiga ko‘ra ob’ekt tiplari aniqlangan;
o‘zbek tili onomastikasining hozirgi tizimga lingvoonomastik munosabati nazariy jihatdan asoslangan;
Janubiy Qoraqalpog‘iston joy nomlari: etimologiyasi, lug‘aviy ma’nosi, yasalishi kabi grammatik modellarining hozirgi o‘zbek tili onomastikasiga amaliy va nazariy munosabati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarining lisoniy tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
dunyo tillarida til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, Janubiy Qoraqalpog‘iston oykonimlarini lisoniy, onomastik-grammatik, onomastik-morfologik, onomastik-sintaktik hamda leksik-semantik jihatdan o‘rganish kabi masalalar tadqiqida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-XT-0-19919-raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» mavzusidagi davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-1777-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida oykonimlarning onomastikadagi oykonimik asos, oykonimik formant va oykonimik aniqlagichlari nazariy jihatdan isbotlangan;
Janubiy Qoraqalpog‘istonning tarixiy joylari, ularning nomlanish sabablari kabi ilmiy-nazariy tavsiyalardan Berdaq jamg‘armasi tomonidan 2018 yil 20-26 noyabr` kunlari tashkil etilgan «Berdaq davridagi ta’lim maskanlari va joy nomlari» mavzusidagi ekspedisiya natijalarida foydalangan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 2-04/1987-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Qoraqalpog‘iston joy nomlari toponimik tahlil nazariyasi va strategiyasi o‘rganilib, ularni atash asoslariga ko‘ra tiplarini aniqlashga xizmat qilgan;
Janubiy Qoraqalpog‘iston joy nomlarining yasalishi, grammatik tuzilish modellari, etimologiyasi hamda lug‘aviy ma’nosini ochib beruvchi, hozirgi o‘zbek tili onomastikasi tizimiga munosabati va undagi o‘rnini ko‘rsatib beruvchi materiallardan 2018-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi muharririyati tomonidan tayyorlangan «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Adabiy portret», «Yoshlar uchun», «Meros», «Assalom, Qoraqalpog‘iston», «Tarixiy shaxslar», «Xalq durdonasidan» nomli ko‘rsatuvlarda ssenariylar tuzishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 10 oktyabrdagi 01-02/408-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni sayqallanishi va boyishiga xizmat qilgan.