Axmedova Dilfuza Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik asoratli kechgan ayollarda mikroelementlar buzilishining xususiyatlari va uni korreksiyalash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib262.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05/2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Dobroxotova Yuliya Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik kechishi asoratlangan ayollarda mikroelementlar buzilishining xususiyatlari va uni korreksiyalash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlar va ularning oila a’zolarida mikroelementozlar shakllanishining patogenetik mexanizmlari, ayollarda homiladorlik kechishining engil darajadagi preeklampsiya rivojlanishi, gestatsiyaning kechki muddatlari, pielonefrit, siydik-tosh kasalligi va surunkali pielonefrit darjasining ortishida korelyasion bog‘liqlik asoslangan;
homiladorlarda temir tanqisligi anemiyasi bilan homiladorlik asoratlarining shakllanishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
o‘smir qizlar va homilador ayollar orasida sifatsiz ovqatlanish tartibi, kunlik ratsion tarkibidagi qator mikroelementlarning etishmasligi, iste’mol qilinadigan suv sifatini belgilangan talablarga mos kelmasligi, mikroelementlar almashinuvi buzilishining rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘smir qizlarning salomatligi holatini tahlili organizmidagi mikroelementlar etishmovchiligi, bulajak onalar va onalar organizmida mikroelementlar almashinuvining buzilishiga olib kelishi, mikroelementozlarni davolashda predgravidar (homilador bo‘lish oldi) tayyorgarlik tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlik asoratli kechgan ayollarda mikroelementlar buzilishining xususiyatlari va uni korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Temir tanqisligi kamqonligi bilan xastalangan homiladorlarda mikroelementlar buzilishlarini korreksiyalash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlar, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqatlanish tartibining buzilishi natijasida temir tanqisligi kamqonligi bilan xastalangan homiladorlarda turli xil mikroelementlar so‘rilishining buzilishi va etishmasligi natijasida mikroelementlar balansini buzilishlarini korreksiyalash asoratlarni oldini olish va samarali davolash tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Oila a’zolari o‘smir qizlar orasida mikroelementozlar profilaktikasi va davolash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma fertil yoshidagi ayollar, oila a’zolari va o‘smirlar qizlar orasida mikroelementlar etishmasligini aniqlash, oldini olish va davolashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Homiladorlik asoratli kechgan ayollarda mikroelementlar buzilishining xususiyatlari va uni korreksiyalash, oila a’zolari o‘rtasida mikroelementozlar profilaktikasi va davosi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi, Xorazm va Andijon viloyatlari perinatal markazlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 8n-z/84-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi o‘smir qizlar orasida homiladorlikka tayyorgarlik darajasini oshirish, homilador ayollarda gestatsiya va perinatal davr asoratlari darajasini 2,5 martaga kamaytirish imkonini bergan.