Juraeva Moxigul Azimjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli etiologiyali gepatitlarda qisqa xalqali peptidlar utilizatsiyasining buzilishiga bog‘liq xolda oshqozon ichak trakti patologiyasini davolash», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib277.
Ilmiy rahbar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori; professor; Azizov Yorkin Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqumli va yuqumli bo‘lmagan gepatitlarda  oshqozon ichak trakti patologiyasida qisqa xalqali peptidlar ishtirokini va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da va me’da osti bezi faoliyatini boshqarishning peptidergik mexanizmlarda jigar ishtirokining yangi fiziologik mexanizmlari, proteazalarning jigarda qisqa zanjir peptidlari utilizatsiyasini kamaytirish, proteaza ingibitorlarining kuchaytirish hamda me’da va me’da osti bezi faoliyatini boshqarishda ishtiroki isbotlangan;
ilk marotaba qisqa zanjir peptidlari utilizatsiyasida jigar PAR-2 reseptorlari ishtirokida proteaza va proteaza ingibitorlarining modifikatsiyalangan ta’siri isbotlangan;
turli etiologiyali gepatitlarda jigarda qisqa zanjir peptidlari utilizatsiyasi buzilishi hisobiga me’da va me’da osti bezi faoliyati izdan chiqishining yangi patogenetik mexanizmi, CCL4 tomonidan chaqiriluvchi o‘tkir osti toksik gepatit modelida qisqa zanjirli peptidlarining jigar utilizatsiyasi pasayishi va me’da osti bezi funksional faoliyati ortishi hamda oshqozon hazm bezlari faoliyatining susayishi isbotlangan;
kontrikal va geparin, ko‘p miqdordagi nafamostat va loksiglumid ta’sirida CCL4 tomonidan chaqiriluvchi toksik gepatit modelida qisqa zanjir peptidlarining jigarda utilizatsiyasi ortishi, me’da osti bezi funksional faoliyati pasayishi hamda oshqozon hazm bezlari faoliyatining kuchayishi isbotlangan;
ilk bor surunkali gepatit qayd etilgan bemorlarda me’da va me’da osti bezi faoliyati buzilishini davolashda proteaza ingibitorlari kontrikal va geparinni qo‘llash samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli etiologiyali gepatitlarda qisqa xalqali  peptidlar utilizatsiyasining buzilishiga bog‘liq holda oshqozon ichak trakti patologiyasini davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Turli etiologiyali jigarning surunkali kasalliklarida me’da va meda osti bezi kasaliklarni tashxislash usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 8n-d/97-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli virusli, alkogol va autoimmun etiologiyali gepatitlarda jigarning surunkali kasalliklari oqibatida me’da va me’da osti bezining patofiziologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni tashxislash modelini natijasida samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
«Turli etiologiyali jigarning surunkali kasalliklarida me’da va meda osti bezi kasaliklarni davolash usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 8n-d/97-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli xil etiologik omillar natijasida yuzaga kelgan jigarning patologik kasalliklarini patofiziologik mexanizmlari orqali tashxislash natijasida samarali  davolash tizimi amalga oshirish imkonini bergan.
Turli etiologiyali gepatitlarda qisqa xalqali  peptidlar utilizatsiyasining buzilishiga bog‘liq holda oshqozon ichak trakti patologiyasini davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi va «Internist shifo» xususiy shifoxonasining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 8n-z/90-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi turli etiologiyali jigarning surunkali kasalliklarida me’da va me’da osti bezi kasaliklarni tashxislash va davolash natijasida  surunkali HCV va HVV infeksiyalari baholangan bemorlarda pepsinogen-2 ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajasi belgilangan bo‘lib, bu sog‘lom insonlarning ko‘rsatikichdan qisman past, XSK-8 va gastrin-17 ko‘rsatkichlari  esa sog‘lom odamlarning ko‘rsatkichiga qaraganda nisbatan  yuqoriligi, me’yoriy darajadan 2,5 marta ortganligi, proteaza ingibitorlari, jumladan, kontrikal va geparinni qo‘llash me’da va me’da osti bezi funksional faoliyatining samarali qayta tiklanishi va samarali baholash mexanizmi yaratishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish