Rustamova Shoxista Omonjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Saraton kasalliklarida HER2/neu genining miqdoriy variantlarini tadqiq qilish», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B292.
Ilmiy rahbar: Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: saraton kasalliklarida nishon terapiyani qo‘llash uchun marker sifatidagi HER2/neu geni miqdorini aniqlash usulining yangi tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simta to‘qimalaridan ayni vaqtdagi PZR da qo‘llash uchun yaroqli ko‘p miqdorda sifatli DNK ajratish usulining yangi samarali tartibi aniqlangan;
ko‘krak bezi va oshqozon saratoni namunalarida HER2/neu genining miqdorini aniqlash uchun interkalirlovchi SYBR Green bo‘yoq yordamida va TaqMan gibridlovchi zondlaridan foydalangan holda ayni vaqtdagi PZR o‘tkazishning yangi tartiblari ishlab chiqilgan;
ayni vaqtdagi PZR asosida HER2/neu genining miqdori uchun chegara qiymati aniqlangan;
HER2 statusi bilan ko‘krak bezi va oshqozon saratoni kasalliklari biokimyoviy mezonlari hamda kasallik xususiyatlari o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Saraton kasalliklarida HER2 geni miqdoriy variantlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saraton kasalliklarida HER2 geni miqdoriy variantlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan TaqMan hamda SYBR Green PZR o‘tkazish tartibidan A-10-007 raqamli «Saraton kasalliklarida target terapiyani qo‘llash imkonini baholash uchun o‘simta turlari molekulyar xarakteristikasi diagnostik panelini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihada diagnostik panelni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 05-05/2677-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simta turlari molekulyar xarakteristikasi diagnostik panelini ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘simta to‘qimasidan yuqori sifat va miqdorda ega bo‘lgan DNK eritmasini ajratib olish tartibidan MU-PZ-20171025473 raqamli «Ko‘krak bezi saratoni kasalliklarida metillanish statusini aniqlashda DNK bisul`fit konversiyasi uchun reagentlar ishlab chiqish» mavzusidagi loyihada birlamchi namuna tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 05-05/2677-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tartib DNK bisul`fit konversiyasi uchun foydalaniladigan namunalarni tayyorlashning birinchi bosqichini o‘tkazish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish