Bobokulov Akbar Nosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida potash olishning fizik-kimyoviy va texnologik asoslari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T859. 
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Togasharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Radjabov Ro‘zmat, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Navoi davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy xloridi, karbonat angidridi - azotli o‘g‘itlar korxonasi chiqindisi va dietilamin (DEA) asosida amin usulida potash olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kaliy bikarbonat olish texnologik omillarining maqbul o‘zgarish oraliqlari Et2NH+, K+//Cl-, HCO3- - H2O o‘zaro ta’sirlashuv tizimini  grafanalitik tahlil usuli bilan aniqlangan; 
ilk bor potash sintezining ishlab chiqarishini tashkil qiluvchi – karbonizatsiya, fil`tratsiya, bug‘latish, DEA regeneratsiyasi va kal`sinatsiya jarayonlariga texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
0, 25, 50, 75, 100°S haroratlardagi KCl-Et2NH2Cl-H2O va KCl-CaCl2-H2O uch komponentli tizim izotermalarining nazariy tahlillari asosida ohak suti bilan to‘yingan eritmadan dastlabki reagentlar eritmalarini karbonizatsiyalash va DEA ni distillyasiyalash paytida hosil bo‘lgan to‘yingan eritmani bug‘latish jarayoning maqbul sharoitlari aniqlangan; 
oraliq bo‘tqa va eritmalar reologik xossalarining texnologik omillarga bog‘liqligi aniqlangan va kaliy bikarbonati kal`sinatsiya jarayoni kinetikasiga texnologik omillarning ta’sir qilish xususiyatlari asoslangan; 
kaliy bikarbonat va karbonatlarining fizik-kimyoviy va tovar xossalari va potashning kaliy xloridi, ekspanzer gazi va DEAlardan olishning takomillashgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyolardan aminli usulda potash olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kaliy xlorid eritmasini dietilamin ishtirokida karbonizatsiya qilib kaliy bikarbonat olish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 14-3442-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy bikarbonatdan kaliy karbonat va xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar olish assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
kaliy bikarbonatni kal`sinatsiya qilib potash olish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2020 yil 7 iyuldagi 01-021/2118-son ma’lumotnomasi). Natijada, potashni importini kamaytirish va xalq xo‘jaligini potash bilan ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish