Sayt test rejimida ishlamoqda

Soliev Rustamjon Xakimjanovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Keskin kontinental iqlim sharoitlarda foydalaniladigan avtomobil` yo‘llari uchun modifikatsiyalangan germetik kompozision mastikalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi(texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA № 0000411/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.T114.

Ilmiy maslahatchi: Negmatov Soyibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, 14.07.2016.K/T.14.01.

Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor; Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibodullaev Axmadjon, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision materiallar va ular asosida germetiklovchi mastikalar olishning optimal tarkibi va samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

avtomobil` yo‘llari va aerodromlarning asfal`tobeton qoplamalari yoriqlari va beton qoplamalari deformatsion choklarini germetiklash uchun, minus 30 dan plyus 1700S gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida ishlatiladigan, mahalliy xomashyo va turli xil sanoat chiqindilaridan fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan germetiklovchi kompozision materiallar va ular asosida mastikalar yaratilgan;

avtomobil` yo‘llarida asfal`tobeton qoplamalarining yoriqlarini va beton qoplamalarining deformatsion choklarini to‘ldiruvchi germetiklovchi kompozision mastikalar yaratish uchun mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida organomineral ingredientlarning nisbati, tarkibi va strukturalariga bog‘liq holda kompozisiyaning fizik-mexanik xossalari aniqlangan;

fizik-kimyoviy modifikatsiyalangan va mexanik faollashtirilgan organomineral ingredientlarni qo‘shish yo‘li bilan germetiklovchi kompozision materiallar va ular asosida olinadigan mastikalarning fizik-mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash usullari ishlab chiqilgan hamda ularning issiq va sovuqqa chidamliligi yaxshilangan;

asfal`tobeton qoplamalarning yoriqlari va beton qoplamalarning deformatsion choklarini germetiklash uchun yaratilgan kompozision materiallarning fizik-mexanik xossalariga texnologik ko‘rsatkichlarning ta’siri aniqlangan;

yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega hamda shunga mos ravishda keskin kontinental iqlim sharoitlarida ishchanligini va uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi germetiklovchi kompozision materiallar hamda ular asosida mastikalar olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy xomashyodan olingan yangi kompozision germetiklovchi materiallar va ular asosida mastikalar olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kompozision bitumlar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04849, 2014). Olingan kompozision bitumlar asfal`tobeton xususiyatlarini yaxshilash va avtomobil` yo‘llaridan uzoq muddatga foydalanish imkonini beradi;

avtomobil` yo‘llarining asfal`tobeton qoplamalari yoriqlari va beton qoplamalari deformatsion choklarini to‘ldirish uchun kompozision germetiklovchi mastikalar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04848, 2014). Ushbu usul bo‘yicha temir-beton yo‘llarning deformatsion choklarini va asfal`tobeton yo‘llarining yoriqlari mastikalar yordamida germetiklanganda, ularning ishlash qobiliyatini 2,5–3 marotabaga oshirish imkoniyati yaratiladi;

yo‘l va aerodrom qoplamalarining deformatsion choklari va yoriqlari uchun suv o‘tkazmas kompozision materiallarga texnik shartlar (TSh-14-22:2010) ishlab chiqilib, «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan va amal qilish muddati 2018 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan («O‘zstandart» agentligining 2016 yil 4 noyabrdagi 05/4167-son ma’lumotnomasi). Ushbu texnik shartlar mahalliy xomashyo va turli xil sanoat chiqindilaridan foydalanib, chetdan keltiriladigan MBR-100 va MBR-120 rusumli bitumli mastikalarga nisbatan yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan yangi tarkibli germetik kompozision materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.

keskin kontinental iqlim sharoitida foydalaniladigan avtomobil` yo‘llari uchun modifikatsiyalangan germetik kompozision mastikalarni olish texnologiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar VII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida (2014) «Sharqiy» xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil` yo‘llarini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash foydalanish (XDAAYSITF) davlat tashkiloti bilan amaliyotga joriy qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 7 noyabrdagi FTK 0213/750-son va «Sharqiy» XDAAYSITF davlat tashkilotining 2016 yil 25 avgustdagi  954-son ma’lumotnomalari). Natijada «Beyneu–Buxoro–Samarqand–Toshkent–Andijon» magistral avtomobil` yo‘lining 10 kmni qurish va ta’mirlash jarayonida 10 tonna kompozision germetiklovchi mastikalar qo‘llanilib, avtomobil` yo‘llaridan uzoq muddat foydalanish imkoni yaratildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish