Tuxtaev Kabul Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Ustyurt botiqligining cho‘kindi qoplami quyi gorizontlari va paleozoy majmuasining chuqur geologik tuzilishi hamda neftgazlilik istiqbollari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM48.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xolismatov Irmuxammad, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgeofizika” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Ustyurt botiqligidagi paleozoy kompleksi va cho‘kindi qoplam ostidagi gorizontlarning yoriq-blokli tuzilishini hisobga olgan holda geologik tuzilishini va neft`-gazga istiqbolliligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Paleozoy kompleksi va cho‘kindi qoplamning pastki gorizontlaridagi yoriq-blokli strukturalar planlarini mufassallashtirish uchun Janubiy Ustyurt botig‘idagi qiya va siljima-uzilishlarning uchta ko‘ppog‘onali regmatik sistemalari mavjudligi isbotlangan;
kristallik poydevor, paleozoy va mezozoy kompleksi jinslarining asosiy struktura yuzalarini xaritalash uchun regmatik sistemalar va bloklar elementlari aniqlangan;
regmatik sistemalarning so‘nish va bloklar qiyofasining o‘zgarish xarakteri paleozoy va mezozoy struktura qavatlari (quyi gorizontlar) bo‘yicha geotektonik rayonlashtirish uchun aniqlangan;
Janubiy Ustyurt botiqligining paleozoy kompleksi va cho‘kindi qoplamning quyi gorizontlari bo‘yicha neft`-gazgeologik rayonlashtirish va istiqbolli ob’ektlarni ajratish uchun geotektonik xarita ishlab chiqilgan;
paleozoy va yura davri jinslaridagi kam dislokatsiyalangan bloklar tarkibidagi yuqori darajada darzlangan va o‘tkazuvchan zonalarda neft`-gazga istiqbolli lokal ob’ektlarning yangi tiplarini ajratish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paleozoy majmuasining geologik tuzilishini va Janubiy Ustyurt botiqligining cho‘kindi qoplami quyi gorizontlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Ustyurt paleozoy kompleksi hamda cho‘kindi qoplami quyi gorizontlarining yoriq-blokli tipdagi noan’anaviy lokal ob’ektlarini aniqlash bo‘yicha maxsus metodlar “O‘zbekgeofizika” AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/17-5-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tasayuk, Daryolik-Daudan va Janubiy Shorjin neft`-gazga istiqbolli yoriq-blokli strukturalarni keyingi tadqiqotlar bilan mufassallashtirish va konturlash imkonini bergan;
Sherqala maydonining geologik modelini aniqlashtirish maqsadida 2 va 3 nomerli qidiruv quduqlarini joylashtirish bo‘yicha metodlar “O‘zbekneftgaz” AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/17-5-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sherqala maydonidagi paleozoy va mezozoy yotqiziqlarining neft-gazga boyliligini baholash bilan birga geologik tuzilishi, yotqiziqlarning yotish sharoitlari, ularning tarkibi va yoshini aniqlash imkonini bergan.