Isroilova Dildora Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida talabalarni fanlararo bog‘liqlikda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tiliga o‘qitish (texnologiya fakul`teti misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped509.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildar Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Paluanova Xalifa Daribaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy o‘quv yurtlarida texnologiya fakul`teti talabalarini fanlararo bog‘liqlikda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tiliga o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida samarali mashqlar tizimini integrativ yondashuv asosida shakllantirish orqali kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
ingliz tili o‘qitishda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili va kasbiy lingvodidaktika kesimida ta’lim mazmunini talabalar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlash ilmiy asoslab berilgan;
to‘rt o‘quv yiliga mo‘ljallangan 4 bosqichli, ya’ni umumta’lim fanlari + ingliz tili (birinchi bosqich, I kurs), umumkasbiy fanlar + ingliz tili (ikkinchi bosqich, II kurs), umumtexnik fanlar + ingliz tili (uchinchi bosqich, III kurs), umummaxsus fanlar + ingliz tili (to‘rtinchi bosqich, IV kurs) shaklida darslarni tashkil etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan;
nofilologik oliy ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish, mavzuga doir o‘qitish materiallarini to‘g‘ri tanlash, ESP (English for Specific Purposes) va GE (General English) yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, EOP (English for Occupational Purposes) mutaxassislikka mosligini muvofiqlashtirgan holda metodikaga “Ehtiyojlar maydoni (Field of needs)” yangi atamasi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik oliy ta’lim muassasalarining texnologiya fakul`tetlarida kasbga yo‘naltirilgan ingliz tiliga o‘qitishda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
nazariya va amaliyot birligi, didaktik materiallar integratsiyasi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish haqidagi amaliy va nazariy xulosalardan TuCAHEA, ya’ni “Project Towards a Central Asian Higher Education Area: Tuning Structures and Building Quality Culture” mavzusida amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda oliy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi asosida mutaxassislar tayyorlash mexanizmini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 dekabrdagi 89-03-4452-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik oliy o‘quv yurtlarida fanlararo bog‘liqlik, kasbiy lingvodidaktikaning aspektlarini o‘rganish, talabalarning ehtiyojlari asosida materiallarni tanlab olish hamda ko‘nikmalar integratsiyasini qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga xizmat qilgan;
texnologiya fakul`tetlarida ingliz tilini o‘qitishda umumta’lim, umumkasbiy, umumtexnik va umumixtisoslik fanlarini hisobga olgan holda o‘qitishga doir ilmiy va nazariy tadqiqot materiallaridan «STEM» SUZ800-14-GR-102 «Talabalar uchun ingliz tili fan, texnologiya, muxandislik va matematika» AQSh loyihasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3308-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiya fakul`tetlari 1- va 2-bosqich talabalarining kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida ilmiy izlanishlar olib borish, xorijiy (ingliz tilidagi) adabiyot, elektron resurslardan erkin foydalana olish va ma’lumotlarni tahlil etish samarodorligining oshirilishiga imkon yaratilgan;
kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini shakllantirish va fanlararo bog‘liqlikda texnologiya fakul`teti talabalarining o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv ko‘nikmalarini integratsiyalashga qaratilgan «Welding Technology» o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-103 raqamli guvohnomasi). Natijada, texnologiya fakul`teti talabalarining ingliz tilida o‘qish, tinglab tushunish, yozuv va nutq qobiliyatlarini yanada rivojlantirishi va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan;
«Welding Technology» o‘quv qo‘llanmasida taklif etilgan didaktik materiallardan O‘zbekiston Respublikasi «UzAvto Motors» AJ Xodimlarni boshqarish direksiyasi, Xodimlarni rivojlantirish bo‘limi, O‘qitishni tashkil qilish va nazorati bo‘linmasida interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish va mutaxassislarning ingliz tilida o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi «UzAvto Motors» aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 20 avgustdagi 11230-3032-son ma’lumotnomasi). Natijada, muayyan yo‘nalishdagi sanoat korxonalari hamda ingliz tili kafedrasi o‘rtasida ijobiy hamkorlikka va xodimlarning kasbiy ingliz tilini bilish darajasini oshirishga erishilgan;
EOP (English for Occupational Purposes) talabalariga ingliz tili o‘qitishda ta’lim mazmunini tanlash va o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda ESP (English for Specific Purposes) kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili va GE (General English) umumiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ingliz tili yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda metodikaga “Ehtiyojlar maydoni (Field of needs)” yangi atamasi taklif qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 noyabrdagi 89-03-3887-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida erkin muloqot qila olish, mutaxassislikka mos kommunikativ kompetentligini oshirish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoni yaratilgan;
texnologiya fakul`teti talabalariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitishning pedagogik, metodologik va psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O`zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan, «Ta’lim va taraqqiyot», «Bedorlik» nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. («O`zbekiston» teleradiokanalining 2019 yil 16 maydagi O`z/k-1-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy lingvistik kompetensiyalar egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlarning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash hamda kommunikatsiya va interaksiyaga erishish, yangi pedagogik texnologiyalarini qo‘llash metodikasi ommalashtirilgan.