Ganieva Xilola Gayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Antibakterial va plazma o‘rnini bosuvchi infuzion preparatlarni ishlab chiqarish sifatini ta’minlashda metodologik yondashuvlarni takomillashtirish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Far19.
Ilmiy maslahatchi: Yunusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; To‘xtaev Hakim Rahmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdullabekova Viloyat Nurillabekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antibakterial va plazma o‘rnini bosuvchi ta’sirga ega bo‘lgan infuzion eritmalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,  sifatini ta’minlash ishlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rentgenostruktura va spektroskopik usullar yordamida koamid substansiyasining tuzilishi aniqlangan;
ilk bor feramid va koamidni gidroksipropil-β-siklodekstrin kompleksini saqlagan antianemik ta’sirga ega yangi original preparatning standartlash usullari ishlab chiqilgan;
bir qator antibakterial va plazma o‘rnini bosuvchi infuzion eritmalarning sifat me’yorlari ishlab chiqilgan;
preparatlarning kimyoviy o‘ziga xos tuzilishini inobatga olgan holda infuzion eritmalardagi aminokislotalarni identifikatsiya qilish va miqdorini aniqlash uchun UB-detektorli YuSSX usuli optimallashtirilgan;
«Plazmiks» infuziya uchun eritma tarkibidagi gidroksietilkraxmal moddasining sifati va molekulyar og‘irligini aniqlashda viskozimetriya usulidan foydalanish imkoniyati mavjudligi aniqlangan;
«Ishikava diagrammasi» va HACCP – Hazard analysis critical control point yordamida - havfni tahlil qilish usuli yordamida infuzion eritmalar uchun ishlab chiqarish sifatiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan;
ob’ektlarning texnologik jarayonlari va analitik tahlil usullari validatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Antibakterial va plazma o‘rnini bosuvchi infuzion preparatlarni ishlab chiqarish sifatini ta’minlashda metodologik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kombisol Neo» infuzion eritmasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (MH 42 Uz-7445-2019). Natijada, mahalliy dezintoksikatsion va shokka qarshi dori vositalarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Felozin Neo» va «Plazmiks» 6% infuziya uchun eritmalar «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (MH  42 Uz-4546-2018, MH 42 Uz-5551-2016). Natijada, plazma o‘rnini bosuvchi parenteral ozuqa uchun va plazma o‘rnini bosishga mo‘ljallangan dori vositalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
«Kandiflyu®Neo» 200 mg/100 ml va «Metromed®Neo» 500mg/100ml infuziya uchun eritmalar «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (MH 42 Uz-4551-2017, MH 42 Uz-4352-2016). Natijada, olingan dori vositalari bakterial va zamburug‘li kasalliklarni samarali davolash imkonini bergan;
«Kandiflyu®Neo» (DV/M00693/03/16), «Plazmiks» (DV/M 00969/08/16), «Kombisol Neo» (DV/M 02501/04/19), «Felozin Neo» (DV/M 00658/03/16), «Metromed®Neo» (DV/M 00586/01/16) antibakterial va plazma o‘rnini bosuvchi infuzion eritmalarga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari olingan va tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruhsat berilgan. Natijada, ushbu dori vositalari «Remedy Group» QK tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish