Islamova Jannat Ikramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Terpenoid, polifenol va uglevodlarga mansub o‘simlik moddalarining parazitlarga qarshi va prebiotik xususiyatlarini farmakologik baholash», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.Dsc/Tib259.
Ilmiy maslahatchi: Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbeksiton Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova  Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Ziyoviddin Zaynitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xom ashyosidan ajratib olingan terpenoid, polifenol va uglevod tabiatli birikmalarning parazitlarga qarshi va prebiotik faolligini farmakologik baholash hamda tibbiyot amaliyotida ularni qo‘llashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bir vaqtning o‘zida 3 ta tajribaviy model – aspikuluroz, (enterobiozning adekvat modeli), gimenolepidoz va lyamblioz ichak parazitozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda mahalliy o‘simlik xom ashyolaridan olingan birikmalarning parazitlarga qarshi xususiyati uchun skrining tajribalari o‘tkazish mexanizmi asoslangan;
mahalliy o‘simliklardan olingan uglevod tuzilishga ega birikmalarning prebiotik xususiyatga egaligi va ularning immunologik ta’siri asoslangan;
ilk bor keng ko‘lamli qo‘llanilishi va toksikologik ko‘rsatkichlari o‘simlik va sintetik birikmalar asosida olingan Ekdinoks (ekdisten+azinoks) va Al`pek (al`bendazol+pektin) yangi parazitlarga qarshi dori vositasi yaratilgan;
ilk bor Ekdinoks va Al`pek preparatlarining oshqozon-ichak tizimining funksional holatlariga xamda gepatotrop ta’siri va me’yoriy ichak mikroflorasiga metabolik ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Terpenoid, polifenol va uglevodlarga mansub o‘simlik moddalarining parazitlarga qarshi va prebiotik xususiyatlarini farmakologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gimenolepidozni davolash uchun vosita»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№IAP 05331, 25.01.2017 y.). Ushbu usul aholi orasida gijjalar asoratlarini davolash sifatini  oshirishga imkon bergan; 
«Gel`mintlarga qarshi vosita olish usuli»ga bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№IAP 05484, 18.10.2017 y.). Ushbu usul aholi turli qatlamlari orasida gijjalarning tarqalishini oldini olish sifatini oshirish imkonini bergan; 
«Prebiotik faollikka ega bo‘lgan arabinogalaktanni ajratib olish usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№IAP 05620, 14.06.2018 y.). Ushbu usul aholi turli qatlamlari orasida ichaklar mikroflorasining buzilishini oldini olish va davolash sifatini  oshirishga imkon bergan; 
«Ferula kuhistanica»dan olingan prebiotik faollikka ega pektin polisaxaridlarini qo‘llash orqali probiotik dori vositalarini ishlab chiqish texnologiyasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 maydagi 8n-d/120-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma «Bifidumbakterin» va «Laktobakterin»  dori vositalarini  ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
Terpenoid, polifenol va uglevodlarga mansub o‘simlik moddalarining parazitlarga qarshi va prebiotik xususiyatlarini farmakologik baholashni  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, ishlab chiqarishning yangi takomillashtirilgan sanoat tizimi Toshkent shahridagi «OROM-VIOPRERARAT» ma’suliyati cheklangan jamiyati «Bifidumbakterin» va «Laktobakterin» liofilizirlagan biomassasi amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 8n–z/40-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga joriy qilinishi  mamlakatimiz aholisi orasida keng tarqalgan ichak mikroflorasining faoliyatini tiklash samaradorligini oshiruvchi dori voistalarni  ishlab chiqarish tannarxining 25% ga pasayishtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish