Salimov Odilxon Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish va implantatlarda protezlashni qulf kalit birikishini qo‘llanilishini klinik-funksional baholash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib345.
Ilmiy maslahatchi: Akbarov Avzal Nigmatillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kim Jeong In, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarra halq universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy tishlarga va implantatlarga tish protezlari (attachmentlarni) qulfli qotirish samaradorligini klinik-biomexanik baxolash yuli bilan texnik aspektlarini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarroxlik va ortopedik stomatologiyada qo‘llash uchun implantatni olib tashlash zaruratisiz tiklash ishlarini o‘tkazish yoki sharli bosh emirilganda, olinadigan protez almashinuvini ta’minlash imkonini beruvchi tish protezlari uchun tayanch sifatidagi tish implantati modeli yaratilgan;
implantatsiyaning bir bosqichli va ikki bosqichli usullarida jag‘ suyak to‘qimasiga implantat fiksatsiyasi sifatini oshishini ta’minlovchi rezbali maydonning uzunligi, shakllari, diametri va qadamlari bilan attachmentlar bilan tishli implantat xamda ovqatning travmatik ta’siridan jaroxat bitish soxasini ximoyalash modeli ishlab chiqilgan;
konusli-nur kompyuter 3D tomografiya ma’lumotlariga ko‘ra yaqin va kechki muddatlarda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari strukturasining dinamik o‘zgarishi va taklif etiladigan implantatsiya soxasida suyak to‘qimasi xolatining funksonal xususiyatlari aniqlangan;
olinadigan protezlarni qulfli qotirish (attachmentlar) usulini qo‘llash yo‘li orqali ikkilamchi deformatsiya bilan asoratlangan tish qatorlari qisman nuqsonlarini tiklash usuli takomillashtirilgan;
protezlar tizimining matematik modellashuvi – tish qatorlari nuqsonlarida protez joyi protez qotiriladigan mexanikani aniq qo‘llash bilan anatomik tuzilishga yaqin bo‘lgan modeli orqali tuzish asoslangan;
ildizlarning bo‘shliqli joylashishi, tish qatori nuqsonlari va parodont kasalligini inobatga olgan holda qulfdi tizim tayanch elementlari siljishining xisobli sxemalari aniqlangan;
qisman tishlari yo‘qotilgan bemorlarni klammerli va qulfl fiksatsiya tizimlari bilan olinadigan protezlar bilan tishlarini protezlash samaradorligini baxolashning gnatologik mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi adentiya bilan bemorlarlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologik yordam sifatini yaxshilash va maxalliy dental implantatlarni qulfli qotirish yo‘li bilan ularning samaradorligini baxolash va ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Parodontning tarqoq kasalliklarida implantatlarni qulfli qotirish bilan protezlashga kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 8n-z/102-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan tavsiyalar qisman tish yo‘qotilishi bilan asoratlangan parodont kasalliklari bo‘lgan bemorlar reabilitatsiyasi sifatini yaxshilash va ortopedik davolash turini rejalashtirishga asoslangan ekspert tizim kompleksini qo‘llash imkonini bergan;
«Dental implantatlarda to‘liq va qisman olinadigan protezlarning qotirish tizimlarini qo‘llash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 8n-z/102-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar tish implantatlari uchun assortiment vositalarini kengaytirish va parodontning tarqoq kasalliklarida protezlash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Parodont kasalliklarini davolashda tish va implantatlarga qulfli qotirishni qo‘llash bilan ortopedik davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 8n-z/102- son ma’lumotnomasi). Parodont kasalliklarini davolashdagi taklif etilgan ushbu algoritm xam an’anaviy ortopedik davolash, xam stomatologik implantatsiyani rejalashtirishga kompleks yondashuvni tadbiq etish imkonini bergan;
maxalliy konstruksiya bilan tabiiy tishlarga va implantatlarga tish protezlarini qulfli qotirishni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amalietiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent shaxar Stomatologiya poliklinikasi №5 GUP va Toshkent.sh. Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 8n-z/102-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Joriy etiladigan natijalar tashxisot sifatini oshirish va ortopedik davolash taktikasini rejalashtirish, tish protezlariga attachmentlarni qo‘llash qo‘rsatmalarini kengaytirish, protezlashda 27% fiksatsiyani ta’minlagan xolda rel`sli bog‘lanishlar bo‘ylab parodontdagi tayanch tishlariga tushadigan yuklamani kamaytirish va barcha bo‘shliqlardagi protezlarning mustaxkamligini ta’minlash imkonin bergan, bu esa dental implantatsiyalardagi asoratlar sonining qisqarishiga va parodontning tarqoq kasalliklari bo‘lgan bemorlarni samarali reabilitatsiyalash ko‘rsatkichini yaxshilash imkonini bergan.