Turaeva Firuza Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Generallashgan parodontitlarda autotrombotsitar massani qo‘llash orqali davolash samaradorligini yaxshilash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1251.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01. 
Rasmiy opponentlar: Kopeskiy Igor` Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: generallashgan parodontit kasalligi bilan kasallangan bemorlarga autotrombotsitar massani qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
generallashgan parodontitning aholi orasida ko‘p miqdorda tarqalganligi aniqlanib, kasallikni davolashga muhtojlik darajasi ko‘rsatib berilgan; 
ilk bor generallashgan parodontitlarni autotrombotsitar massadan foydalanib davolashning an’anaviy davolashga nisbatan ustunligi isbotlangan;
generallashgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlarga boy autoplazma bilan davolash qo‘llanilganda, taklif qilingan usulning bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i va tish-milk atrofi to‘qimasi yuzasidagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar miqdorini kamaytirishi isbotlangan;
generallashgan parodontitlarni davolash samaradorligini oshirish maksadida trombotsitlarga boy autoplazmaning qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor generallashgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda trombotsitar autoplazma qo‘llanilganda kasallik remissiya davrining uzayishi, osteogenez stimulyasiyasining oshishi, milklar qonashining kamayishiga olib kelishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Autotrombotsitar massadan foydalanib, generallashgan parodontitni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqotlarning ilmiy natijasi asosida:
«Surunkali parodontitni autotrombotsitar massadan foydalangan holda kompleks davolash metodlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 8n-r/183-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma generallashgan parodontit tashhisi qo‘yilgan bemorlarni autotrombotsitar massadan foydalangan holda kompleks davolash va erta profilaktikasini amalga oshirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Surunkali parodontitni autotrombotsitar massadan foydalangan holda mikrobga qarshi konservativ davolash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 8n-r/184-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma generallashgan parodontitni davolashda autotrombotsitar massadan foydalanib, og‘iz bo‘shlig‘i va tish-milk to‘qimasi yuzasidagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar miqdorini kamaytirishini ko‘rsatib berish orqali kompleks davolash samarasi yuqori ekanligining isbotlash imkonini yaratgan;
Generallashgan parodontitni standart davolash kompleksiga autotrombotsitar massadan foydalanishni kiritish orqali davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Buxoro, Romitan, Olot va Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmalari stomatologik poliklinikalariga hamda viloyat stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 8n-d/77-son ma’lumotnomasi). Natijada generallashgan parodontitlarni tashhislash, davolash, parvarish qilish muammolarini optimallashtirishda keng foydalanish, generallashgan parodontitlar remissiya muddatini uzaytirish va asoratlarini kamaytirish imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish