Xaydarova Guzal Bagiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi osteoartrozining nur tashxisi», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib495.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudoyqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Adxam Il`xamovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Dadamov Ashot Danilovich tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mul`timodal vizualizatsiya asosida chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imidagi suyak, yumshoq to‘qima o‘zgarishlarni baholash yo‘li bilan chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi osteartrozini nurli tashxislashni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi osteoartrozini tashxislashda kasallikning erta belgilarini baholashda magnit-rezonans tomografiyaning, kechki belgilarini baholashda esa rentgen va kompyuter tomografiyani qo‘llash asoslangan;
subxondral skleroz, subxondral kista va eroziv o‘zgarishlarni tashxislashda kompyuter tomografiyaga nisbatan magnit-rezonans tomografiya qo‘llashning o‘ziga xos bo‘lgan afzalligi isbotlangan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi boshchasi va bo‘g‘im yorig‘i old-orqa o‘lchamining oshishi va balandligining kamayib borishi kasallikning rivojlanishi bosqichiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
chakka-pastki jag bo‘g‘imi osteoartrozi klinik belgilari saklanib qolganida MRT tekshiruvini, klinik belgilari hamda yuz assmetriyasi kuzatilganda MSKT tekshiruvini o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi osteartrozining nur tashxisi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari tashxisotini algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 8n–d/330-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi ostoartroz kasalligida bo‘g‘imlarning yallig‘lanish va degenrativ kasaaliklarni samarali tashxislash va davolash imkon bergan;
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi osteartrozining nur tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi davolash-maslahat poliklinikasi xizmati hamda Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 8n–d/330–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imini magnit-rezonans tomografik tashxislash natijasida bo‘g‘imning yumshoq to‘qimalari tuzilmalarini ko‘rish kobiliyati, suyakdagi o‘zgarishlarni aniqlashda rentgenografiyaning ustunligi, bo‘g‘im yuzalarida eroziyalarini aniqlash, bo‘g‘im yuzalarida eroziyalarini aniqlashda MRTning tashxislash aniqligi 83,3%, rentgenografiyada esa 70,3% ni, osteofitlar tashxislashda 78,3% va 78,8% larga nisbatan 96,7% va 91,6% ni ko‘rsatish imkonini bergan.