Xoljigitova Muhayyo Berdiqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali obstruktiv bronxitda immunomodulyasiyalovchi terapiyaning klinik-immunologik asoslanishi va samaradorligi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.PhD/Tib426.
Ilmiy rahbar: [Aralov Nematillo Ravshanovich], tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand  davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent  pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali obstruktiv bronxit rivojlanishini klinik-immunologik, antioksidant tizimi asosida tashxislash va davolashning yangi samarali yondoshuvlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali obstruktiv bronxit kasalligi rivojlanishida mikoplazma va  xlamidiya pnevmoniyasi qӯzg‘atuvchisi hamda immun tizimi yallig‘lanish biomarkerlaridan IL-1β, IL-8 miqdorining oshishi, yallig‘lanish ӯchog‘iga neytrofillarning jalb qilinishi, qator bioagressiv moddalarning ajralishi va sekretor A imunoglobulin ishlab chiqarilishining me’yordan pasayishiga korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali obstruktiv bronxitli bemorlarda immun tizim disregulyasiyasi yuzaga kelishi qonda va bronxial lavaj suyuqligida  IL-1β va IL-8 sitokinlar miqdorining oshishi, hamda A immunolobulinning sekretor faoliyati me’yoriy darajadan pasayish kӯrsatkichlari kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi asoslangan; 
ilk bor surunkali obstruktiv bronxit bilan xastalangan bemorlarda qon zardobidagi IL-8 va IL-1β miqdorining doimiy baland bӯlishi faol kislorod radikallarini kӯpayishi, katalaza va peroksidaza fermentlari miqdorining kamayishi kasallikning og‘irligiga bog‘liqligi isbotlangan; 
surunkali obstruktiv bronxit bilan xastalangan bemorlarda tizimli davolashda immunomodulyasiyalovchi va antioksidant terapiyaning qo‘llanilishi  hujayraviy va gumoral immunitet kӯrsatkichlari me’yorlashuvi natijasida interleykinlar miqdorining kamayishi neytrofilli yallig‘lanishni pasaytirib, fibroz jarayoni avj olishini sezilarli darajada susaytirishi natijasida kasallikning asoratlarini oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali obstruktiv bronxitda immunomodulyasiyalovchi terapiyaning klinik-immunologik asoslanishi va samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali obstruktiv bronxitni tashxislash algoritmi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 9 martdagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali obstruktiv bronxitni tashxislash, broxonxoaleveolyar suyuqligidan sekretor A immunoglobulinining miqdorini baholash orqali kasallikni  asoratsiz davolash va to‘g‘ri reablitatsiya jarayonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Surunkali obstruktiv bronxitda immunomodulyasiyalovchi terapiyaning klinik-immunologik asoslanishini va samaradorligini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samraqand viloyati Samarqand va Bulung‘ur tumanlari tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyul`dagi 8n-z/91-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi surunkali obstruktiv bronxitda qayt qilinadigan respirator buzilishlarning oldini olish va kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish