Sarimsokov Xurshid Abdimalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped466.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya pedagogika fanlari doktori, professor; Agzamova Dildora Baxodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi sportga oid terminning struktur-semantik, derivatsion xususiyatlarini o‘xshash va farqli jihatlarini yoritish va frazeologik leksik birliklarning terminologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport terminlarining chog‘ishtirish orqali tadqiqotga tortilgan tillarning morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullarining yasalishida tillarga xos bo‘lgan allomorflik va izomorflik xususiyatlari dalillangan;
mazkur sohaga oid obrazli, motivlangan frazeologik birliklarning semantik tahlillari natijasida frazeologik birliklarning termin sifatida xoslanishi asoslab berilgan;
sport sohasiga oid terminlarning tarixiy-genetik ildizlari aniqlanib, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlar faktik-analitik manbalarga muvofiq asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari tarkibida mavjud sportga oid o‘zlashma leksik birliklari tarixiy-qiyosiy usul asosida asliyati va areal-hududiy miqdor ko‘rsatgichi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
sport terminlarining chog‘ishtirish orqali tadqiqotga tortilgan tillarning morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullar yasalishiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktab soha mutaxassislarini tayyorlash uchun yaratilgan o‘quv metodik kompleksini boyitishda foydalangan (Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi 2019 yil 26 iyundagi 03-07-08-2299 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sport ta’limi yo‘nalishlaridagi o‘quvchi va murabbiylar uchun terminlarni yoritib berish va qo‘llash bo‘yicha metodik dasturlar takomillashtirish imkonini bergan;
mazkur sohaga oid obrazli, motivlangan frazeologik birliklarning asl tildan boshqa tilga o‘zlashishi va ularning terminologik xoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktab soha mutaxassislarini tayyorlash uchun yaratilgan o‘quv metodik kompleksini takomillashtirishda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi 2019 yil 26 iyundagi 03-07-08-2299 sonli ma’lumotnomasi). Natijada soha fan dasturi va metodik ta’minot leksikasi boyishiga xizmat qilgan;
sport sohasiga oid terminlarning tarixiy-genetik ildizlari, tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, mavjud so‘zlarning qayta uslubiy chegaralanishi, ularning semantikasidagi o‘ziga xos o‘zgarish va yangilanishlarga oid xulosalardan Portu universiteti FEUP - Faculdade de Engenharia Unversidade do Porto ta’lim yo‘nalishi ilmiy qo‘llanmasida foydalanilgan (Portu universiteti 2019 yil 10 sentyabrdagi -4200-465 PORTO-NIPC 600 027 716 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sohaga oid o‘quv materiallarini nazariy jihatdan takomillashtirishga samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari tarkibida mavjud sportga oid o‘zlashma leksik birliklar asliyatiga ko‘ra areal - hududiy miqdor ko‘rsatgichiga doir ilmiy nazariy xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan ta’sis etilgan IMEP, ya’ni “Internalisation and Modernization of Education and Processes” mavzusidagi loyihada manba sifatida foydalanilgan (IMEP institutional coordinator ning 2018 yil 30 dekbardagi 2015-3722/001-001-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv-uslubiy majmua yangi ilmiy dalillar bilan boyitish imkoni yaratilgan.