Shirinova Ekaterina Turakulovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil510.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor; Madvaliev Abduvaxob Pattaxovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili bank-moliya terminologiyasining til sistemasida tutgan o‘rnini aniqlash, soha terminologiyasining shakllanish manbalari, taraqqiyot usuli va manbalari, semantik va struktur xususiyatlarini tadqiq qilish, unda inson omilining ahamiyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili bank-moliya terminlarining semantik xususiyatlari (termin-metaforalar; terminlashish, determinlashish, transterminlashish jarayonlari), mavzuiy guruhlari aniqlangan va misollar asosida dalillangan;
o‘zbek tili bank-moliya terminlari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya, polisemiya omonimiya,  paronimiya) o‘rganilgan, misollar asosida ushbu hodisalarning o‘zbek tili bank-moliya terminologiyasida amal qilishi isbotlangan;
o‘zbek tili bank-moliya terminlarining struktur (bir komponentli, ikki komponentli, uch komponentli, to‘rt va undan ortiq komponentli tuzilishga ega terminlar) tahlili amalga oshirilgan;
antropotsentrik paradigma nuqtai nazaridan yondashilib, o‘zbek tili bank-moliya terminologiyasining taraqqiyoti va qo‘llanilishida inson omilining ishtiroki izohlangan, soha terminlarini tartibga solish yuzasidan tavsiyalar berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“terminlashish”, “transterminlashish”, “determinlashish” tushunchalarining mohiyatini aniqlash, terminologik birliklar tilning turli qatlamlariga ko‘cha olish xususiyatlarini ochib berish, terminlar va umumiste’mol so‘zlari milliy tilning lug‘aviy birliklari sifatida bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda taraqqiy etishi va mazkur holat o‘zbek tilining ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi uchun zamin yaratishi haqidagi xulosalardan (2015-2017) A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 89-03-5165-son ma’lumotnomasi). Natijada terminologiyaning rivojlanish manba va usullari yuzasidan talabalarning nazariy bilimlari va ko‘nikmalari rivojlantirilgan, zamonaviy tilshunoslikning ustuvor tendensiyalari, yo‘nalishlari va rivojlanish tamoyillariga muvofiq audiokitoblar mazmuni takomillashgan va boyigan; 
o‘zbek tilining terminologik qatlami, uning sistem xususiyatlari, o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, asosiy taraqqiyot manbalari (o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam) va usullari (affiksatsiya, kompozisiya, semantik, sintaktik), bank-moliya terminlarining struktur xususiyatlari bo‘yicha xulosalardan (2014-2017) A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 fevraldagi 89-03-449-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv tilshunoslik, matn lingvistikasi va badiiy matn stilistikasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, nazariy fanlardan darsliklar, o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘ati mazmuni boyitilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish