Rahmonova Zulayho Jamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XII-XV asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida murshid va murid obrazlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. PhD/Fil34.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat  universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avvalo, xalq og‘zaki ijodida pir, ruhiy rahnamolarning qahramon taqdiri hamda asar syujetidagi rolini aniqlash, mumtoz adabiyotimizdagi murshid obrazi bilan o‘xshash va farqli jihatlarini belgilash; murshid va murid istilohlariga nazariy manbalar va badiiy asarlar uyg‘unligida izoh berish; mumtoz adabiyotimizda murshid obrazining paydo bo‘lish asoslari hamda ramziy-majoziy timsol darajasiga ko‘tarilish bosqichlarini zamonaviy qarashlar mushtarakligida tahlil va talqin etishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq og‘zaki ijodida ma’naviy rahnamolar va qahramon munosabatining mumtoz adabiyotdagi murshid hamda murid obrazining bir-biriga yaqin va mushtarak jihatlari qiyoslangan;
xalq og‘zaki ijodidagi alplar va tariqatdagi komil inson, valiy zotlarning ma’naviy maqomlaridagi yaqinlik ko‘rsatib berilgan;
murshid va murid obrazining genezisi asoslanib, Xizr komil murshid obrazining timsoli ekani ilmiy dalillangan va tariqat dasturlarini belgilashda Xizrning murshidlik mavqei aniqlangan;
irfoniy-badiiy adabiyot va so‘fiyona she’riyat qiyosi asosida davrlar mobaynida takomillashib  borgan  murshid va muridning ma’naviy qiyofasi belgilab berilgan; 
tasavvufning maqsad va g‘oya, dastur ul-amallari asosida murabbiy va tolib obrazlari talqinidagi izchillik va uning rivoji  ochib berilgan; 
badiiy adabiyot obrazlar tizimidagi murshid va muridning o‘rni hamda yondosh istilohlarga ilmiy izoh berilgan, shuningdek, mumtoz adabiyotdagi ramziy-majoziy tasvirda boshqa qahramonlarda uchramaydigan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga e’tibor qaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“XII–XV asrlar o‘zbek mumtoz adabiyotida murshid va murid obrazlari” mavzusida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
tariqatdagi ta’lim-tarbiya usullari, jumladan, murshid va murid obrazlarining badiiy timsol, ramz sifatidagi talqinlarini yoritishda FA-F1-G039 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” (2012-2016) fundamental tadqiqot granti doirasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2019 yil 5 iyundagi 3/1255-1880 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning, avvalo, irshod haqidagi qarashlarini belgilashga doir xulosalar, ustozlariga ehtirom sifatida yaratilgan asarlari tahlili, “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida murshid va murid munosabati kabi masalalarga  oydinlik kiritilgan. Maqolalar va dissertatsiyadan foydalanib keltirilgan bir qator ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga sabab bo‘lgan;
tadqiqotning Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlari, jumladan, tariqatlarga munosabatining yoritilganligi, lirikasidagi murshid va murid obrazlarini ramz, timsollar jihatidan badiiy talqin etilganligi, xususan, “Lison ut-tayr” dostonidagi tasavvufiy hayot, ruhoniy tarbiya, murshid va murid munosabatlari xususidagi ilmiy-nazariy qarashlari va xulosalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A–1–118 “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015–2017) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 89–03–3027  raqamli ma’lumotnomasi). Natijada murshid va murid obrazining shoir lirikasidagi boshqa obrazlar (zohid, rind, oshiq, orif, faqr, soqiy) bilan bog‘liqlikdagi poetik talqini masalasiga oydinlik kiritilgan. Tariqat tarbiyasi  badiiy talqinida Navoiyning o‘zlik, shukr, rizo, tavakkul, sabr, qanoat, ma’rifat tushunchalari xususidagi qarashlari mazkur amaliy loyihaning metodologik asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish