Musurmanov Erkin Rabbimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek - Xitoy xalqlari adabiy aloqalari genezisi: fol`klor va adabiyotda mushtaraklik», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Fil184.
Ilmiy maslahatchi: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ma Suy Ling, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek – xitoy tarixiy aloqalari fonida ikki xalq adabiy qarashlaridagi mushtaraklik, umumiy va farqli jihatlar, adabiy genezis, poetik ontologiya  va evolyusiya bilan bog‘liq izlanish olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki adabiy namunalar diniy-adabiy matnlar, qadimgi toshbitiklardagi ma’lumotlar, xalq og‘zaki ijodining qadimgi janrlari yordamida o‘zbek-xitoy adabiy qarashlarining genezisi tamoyillari ochib berilgan;
olam va odamning yaratilishi, xudolar, yarim xudolar va farishtalar maqomidagi ma’budlar o‘rtasidagi munosabatlar, animistik, totemistik qarashlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, har ikki xalq fol`klori tizimidagi o‘rinlari dalillangan;
buddaviylik, moniylik, tengrilik dinlari mifologik tushunchalari aks etgan asarlar, kongfutziylik, daosizm kabi falsafiy oqimlar va ularning adabiyotga ta’siri masalasi aniqlangan;
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk marta qadimgi xitoy manbalari “Shujing”, “Ijing”, “Juangzi”, “Shanxayjing”, “Xuaynanzi” kabi mumtoz asarlarning o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari ochib berilgan;
Xitoy adabiyotidagi ramz va tashbihlarining (In`-Yang, besh unsur, ajdarho)  o‘zbek adabiyotidagi talqinlari dalillangan;
Yorkent xonligi davridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan Xitoydagi turkiy adabiyot asosan Alisher Navoiy, Mashrab kabi o‘zbek ijodkorlari asarlari ta’sirida  yaratilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek-xitoy tarixiy aloqalari fonida ikki xalq adabiy qarashlaridagi mushtaraklik bilan bog‘liq tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
o‘zbek – xitoy xalqlari adabiy aloqalari tarixidagi qadimgi turkiy va xitoy manbalarida, Kongfutzi ta’limoti va Alisher Navoiy asarlarida komil inson g‘oyasiga oid mulohazalardan 5.1.17-raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabr` 89-03-3772-son ma’lumotnomasi). Natijada  o‘zbek - xitoy tarixiy aloqalarining umumiy va farqli jihatlari, adabiy genezis, poetik ontologiya  va evolyusiya bilan bog‘liq ma’lumotlar mukammallashgan;
Alisher Navoiy va Rahimbobo Mashrab an’analarining Yorkent xonligi adabiyot vakillari ijodiy takomiliga ko‘rsatgan ta’siri, fors-tojik epik adabiyoti qahramonlarining Sin imperiyasi davri adabiyotidagi talqinlariga oid xulosalardan OT-F8-027-raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabr` 89-03-3772-son ma’lumotnomasi). Natijada Xitoydagi turkiy adabiyot asosan Alisher Navoiy, Mashrab kabi o‘zbek ijodkorlari asarlari ta’sirida yaratilganligini aniqlashga xizmat qilgan;
Xitoy mumtoz asari “Besh kitob” (“U jing”) va ajam mumtoz adabiyoti “Xamsa” an’anasining maydonga kelishi, temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning Min sulolasi davri adabiyoti bilan bog‘liq jihatlari, Xitoy hududida Xamsa turkumidagi “Hayrat ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy kabi yangi talqinlardagi dostonlarning maydonga kelishiga oid xulosalardan OT-F1-138 raqamli «Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi» mavzusidagi fundamental loyiha ustida izlanishlar olib borilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgust 89-03-2976-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning Min sulolasi davri adabiyoti bilan bog‘liq jihatlarini mukammallashtirgan;
tadqiqot natijalari asosida “O‘zbekcha-xitoycha qisqacha lug‘at” (ISBN_  978-9943-976-51-1) va “Inglizcha-xitoycha-o‘zbekcha suratli lug‘at” (ISBN_  978-9943-976-50-4) kabi lug‘atlar yaratilgan. Ushbu lug‘atlar o‘zbek-xitoy adabiy va kommunikativ aloqalarini yaqindan tushunishga yordam bergan;
Xitoy va o‘zbek adabiyoti genezisiga oid mulohazalar bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi yosh ijodkorlariga ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 4 oktyabr` №01-03-12/1054 raqamli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining 2019 yil 22 aprel` ma’lumotnomasi); 
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanalida “O‘zbek - Xitoy adabiy aloqalari genezisi” mavzuidagi ko‘rsatuvda ikki xalq adabiyotida mavjud bo‘lgan umumiy jihatlar ildizlari va evrilishlari bir necha ming yillar fonida yangi ma’lumotlar asosida yoritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 28 maydagi 0902/157 ma’lumotnomasi). Tadqiqotdagi ma’lumotlar milliy-ma’naviy merosni targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rsatuvlar ssenariysini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish