Maxmudov Fuzail Axadulla-o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Fors Ko‘rfazi arab monarxiyalarining zamonaviy tashqi siyosatida energetika omili”, 23.00.04 – xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosat fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.4.PhD/Siyos119.
Ilmiy rahbar: Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich, yuridik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01 Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Zohidullo Inomxodjaevich Munavvarov, siyosat fanlari doktori, professor, Mirzoxid Akramovich Raximov, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Fors ko‘rfazi monarxiyalari energetika siyosatlarining rivojlanish tamoyillarini, shuningdek ularning o‘z tashqi va ichki siyosatlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlariga ta’sir etuvchi mexanizmlarni O‘zbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini ta’minlash va Yaqin Sharqqa oid siyosatini takomillashtirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fors Ko‘rfazidagi energetika sohasi bilan bog‘liq masalalar Yaqin Sharq mintaqasidagi tabiiy resurslarning notekis taqsimlanganligi va tashqi aktorlarning mintaqa davlatlari ichki ishlariga aralashuvi, ular tomonidan sun’iy ravishda oziqlantirib turilayotgan raqobat murakkab echim talab qiladigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy mafkuraviy muammoga aylanganligi asoslab berilgan;
Ko‘rfaz monarxiyalarining energetik strategiyasi ushbu mamlakatlarda oldin yaratilgan va hozirda faoliyat yuritayotgan neft`-gaz infratuzilmalariga muqobil engergiya turlarini qo‘shish bo‘lib, texnologik nuqtai nazardan uni amalga oshirish oson emasligi isbotlangan;
Monarxiya davlatlarining ichki ehtiyojlar uchun atom energiyasiga bosqichma-bosqich o‘tish strategiyasi XXI asrning birinchi o‘n yilligidan boshlanganligi Birlashgan Arab Amirliklarining Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan maqsadli kelishuvlari va Baraka atom elektrostansiyasi qurilishi yaqqol dalolat berib, mintaqa mamlakatlarida atom energetikasining rivojlanishini bir vaqtning o‘zida  barqaror tamoyil, ham Fors ko‘rfazi energetika sanoatida o‘tish davri boshlanishining trend ko‘rsatkichi deb ham atash mumkinligi asoslangan;
monarxiyalarning uglevodorod bozorida shiddat bilan kechayotgan siyosiy va global moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni to‘la asosda jahonda energetik muvozanatga erishishga ta’sir etuvchi yetakchi omillardan biri sifatida tasniflash bilan birgalikda, ayni paytda Ko‘rfaz mamalakatlari iqtisodiyotining o‘z uglevodorod zaxirasini saqlab qolgan holda muqobil energiya tashuvchilarga o‘tishi ehtimoli, aftidan, jahon iqtisodiyoti va siyosatining strategik istiqbollariga hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fors ko‘rfazi arab monarxiyalarining zamonaviy tashqi siyosatida energetika omilini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar:
Fors Ko‘rfazidagi energetika sohasi bilan bog‘liq masalalar Yaqin Sharq mintaqasidagi tabiiy resurslarning notekis taqsimlanganligi va tashqi aktorlarning mintaqa davlatlari ichki ishlariga aralashuvi, ular tomonidan sun’iy ravishda oziqlantirib turilayotgan raqobat murakkab echim talab qiladigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy mafkuraviy muammoga aylanganligi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi №04-5/51276-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Fors Ko‘rfazi mamlakatlari bilan tashqi aloqalarni mustahkamlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillar qatoriga kiritilgan;
Ko‘rfaz monarxiyalarining energetik strategiyasi ushbu mamlakatlarda oldin yaratilgan va hozirda faoliyat yuritayotgan neft`-gaz infratuzilmalariga muqobil engergiya turlarini qo‘shish bo‘lib, texnologik nuqtai nazardan uni amalga oshirish oson emasligi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI)ning axborot-tahliliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020 yil 11 sentyabrdagi №05-5/611-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar jahon uglevodorod bozorining rivojlanish istiqboli bo‘yicha xulosalarni asoslashga xizmat qilgan;
monarxiya davlatlarining ichki ehtiyojlar uchun atom energiyasiga bosqichma-bosqich o‘tish strategiyasi  XXI asrning birinchi o‘n yilligidan boshlanganligi Birlashgan Arab Amirliklarining Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan maqsadli kelishuvlari va Baraka atom elektrostansiyasi qurilishi yaqqol dalolat berib, mintaqa mamlakatlarida atom energetikasining rivojlanishini bir vaqtning o‘zida  barqaror tamoyil va Fors Ko‘rfazi energetika sanoatida o‘tish davri boshlanishining trend ko‘rsatkichi deb ham atash mumkinligi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI)ning axborot-tahliliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020 yil 11 sentyabrdagi №05-5/610-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar Yaqin Sharq davlatlari rivojini baholash va istiqboli bo‘yicha xulosalarni asoslashga xizmat qilgan;
monarxiyalarning uglevodorod bozorida shiddat bilan kechayotgan siyosiy va global moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni to‘la asosda jahonda energetik muvozanatga erishishga ta’sir etuvchi yetakchi omillardan biri sifatida tasniflash bilan birgalikda, ayni paytda Ko‘rfaz mamalakatlari iqtisodiyotining o‘z uglevodorod zaxirasini saqlab qolgan holda muqobil energiya tashuvchilarga o‘tishi ehtimoli aftidan, jahon iqtisodiyoti va siyosatining strategik istiqbollariga hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining axborot-tahliliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020 yil  11 sentyabrdagi №05-5/610-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar jahon uglevodorod bozorining rivojlanish istiqboli bo‘yicha xulosalarni asoslashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish