Arepbaev Islambek Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston ayrim ko‘llarining ovlanadigan qushlari faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B393. 
Ilmiy rahbar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori; Allamuratov Shadimurat Toremuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston ko‘llarida tarqalgan ovlanadigan qushlar faunasining zamonaviy holatini aniqlash, ularning bioekologik xususiyatlarini asoslash hamda barqaror foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘istonda ovlanadigan qushlarning 48 turdan, shu jumladan ko‘llarda 34 turdan tarkib topgan zamonaviy tur xilma-xilligi aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston ko‘llarida yashaydigan ovlanadigan qushlarning parazitofaunasi aniqlangan;
Qoraqalpog‘istonning Sudoch`e ko‘lida tarqalgan ovlanadigan qushlarning xarakterli turlarining soni aniqlangan va ularning mavsumiy o‘zgarishlari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston ko‘llarida tarqalgan ovlanadigan qushlarning xarakterli 9 ta turining bioekologik xususiyatlari ochib berilgan; 
ovlanadigan turlar va ularning yashash muhitlariga ta’sir etuvchi antropogen omillar va xavflar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashash muhitining o‘zgaruvchan sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ovlanadigan qushlar faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘llar tizimida ovlanadigan kamyob qush turlarini inventarizatsiyalash, ularni salbiy ekologik omillar va brakon`erlardan muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qo‘ng‘irot va Muynoq tumani tabiatni muhofaza qilish amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 12 iyundagi 02/18-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada uchraydigan ovlanadigan kamyob qushlarning, shu jumladan oq peshonali g‘oz Anser albifrons, dala g‘ozi Anser fabalis, haydarqush Aythya marila va o‘rtacha cherag Mergus serrator ning bosh sonini aniqlash va ularni yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish imkonini bergan; 
o‘rmon fondi erlarida yashovchi ovlanadigan qushlarning davlat kadastrini yuritish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qo‘ng‘irot va Muynoq tumani o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 12 iyundagi 253-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida yovvoyi g‘oz Anser anser, yovvoyi o‘rdak Anas platyrhynchos, olmabosh o‘rdak Netta rufina va qashqaldoqlarning Fulica atra mavsumiy bosh sonini aniqlash va populyasiyalari turg‘unligini saqlab qolish imkonini bergan;
g‘ozsimon qushlarning gel`mintlar bilan zararlanishini monitoringlash va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Muynoq va Taxtako‘pir tumani xududiy bo‘limlari amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 6 iyuldagi 33/04-282-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llarida yashaydigan ovlanadigan g‘ozsimon qushlarning trematoda, nematoda, akantasefalalar va sestoda gel`mintlari bilan zararlanishini aniqlash va zararlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish