Sharipova Shaxlo Sadullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion ta’lim muhitida rivojlantiruvchi treninglar orqali ixtisoslik fani o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped696.
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rivojlantiruvchi treninglar orqali ixtisoslik fani o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan innovatsion master klass va rivojlantiruvchi treninglar o‘tkazishning tashkiliy-pedagogik shartlari “hayot davomida ta’lim olish” tamoyiliga ustuvorlik darajasini berish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi treninglarni tashkil etish metodikasi innovatsion texnologiyalarga asoslangan “FIRST”, “Tell”, “Show”, “Do”, "Trip to the Future" metodlarini kiritish orqali ixtisoslik fan o‘qituvchilarning kasbiy kompetenligini oshirishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar (kommunikativlik, boshqaruvchanlik va tashkilotchilik, kreativlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayotning va mehnatning o‘zgaruvchan sharoitiga tez moslashuvchanlik) asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi treninglar orqali ixtisoslik fan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish modeli komponentlari shaxsga yo‘nalganlik tamoyili hamda kasbiy-amaliy faoliyatni rivojlantiruvchi ta’lim shakllari (faol amaliyot, innovatsion faoliyat) va pedagogik-psixologik kollobaratsiya (collaboration) asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim muhitida ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan o‘quv metodik ta’minoti “Mening kuchli jihatlarim”, “Mening imkoniyatlarim va cheklovlarim”, “Men mahoratli o‘qituvchi ko‘rinishidaman” kabi rivojlantiruvchi trening mashqlari hamda kreativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion ta’lim muhitida rivojlantiruvchi treninglar orqali ixtisoslik fani o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan innovatsion master klass va rivojlantiruvchi treninglar o‘tkazishning tashkiliy-pedagogik shartlarini takomillashtirishga doir tavsiyalardan AIF-2/20 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 89-03-2315-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu tavsiyalar pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini oshirishning tashkiliy bosqichlarini aniqlashga imkon bergan;
ixtisoslik fan o‘qituvchilarning kasbiy kompetenligini oshirishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni (kommunikativ, boshqaruvchanlik va tashkilotchilik, innovatsion, kreativlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayotning va mehnatning o‘zgaruvchan sharoitiga tez moslashuvchanlik) ta’minlashga imkon beruvchi innovatsion texnologiyalarga asoslangan “FIRST”, “Tell”, “Show”, “Do”, “Trip to the Future” metodlari asosida rivojlantiruvchi treninglarni tashkil etishga oid taklif va tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fani o‘qituvchilari uchun innovatsion master-trening elektron o‘quv-uslubiy majmuasi” mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 89-03-2315-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot ixtisoslik fan o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘nalganlik tamoyili asosida kasbiy-amaliy faoliyatni rivojlantiruvchi ta’lim shakllari va pedagogik-psixologik kolloboratsiyani (collaboration) qo‘llash orqali ixtisoslik fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetenligini oshirishga qaratilgan “Rivojlantiruvchi treninglarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” hamda “Innovatsion master-treninglarni o‘tkazish dasturi” Respublika oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini uzluksiz oshirish jarayonini tashkil etishda amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 89-03-2315-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik ta’minot rivojlantiruvchi treninglarni tashkil etish sifatini oshirishga xizmat qilgan.