Doniyorov Xushvaqt Tojiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning milliy demokratik davlatchilik taraqqiyotida dunyoviylik va diniylik mutanosibligining ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal121.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Davronov Ziyod Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor; Kushaev Umidjon Raximovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dunyoviylik va diniylikning o‘zaro mutanosibligini ta’minlashning milliy manfaatlarni himoya qilish vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 14-moddasidagi “ibodat libosi” tushunchasini mazmun jihatdan konkretlashtirish zarurati ilmiy asoslangan;
davlat va din munosabatlarida muvozanatni saqlash, uni mustahkamlashga oid paradigma transformatsiyasi ochib berilgan;
otinoyilar faoliyatini tartibga solish, ularning rasmiy faoliyat olib borish, maxsus o‘quv dasturi asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish zaruriyati ilmiy asoslangan;
“jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ta’lim-tarbiya hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirish omillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning milliy manfaatlariga asoslangan dunyoviylik va diniylik mutanosibligini ta’minlashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 14-moddasidagi “ibodat libosi” tushunchasini mazmun jihatdan konkretlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashining 2019 yil ish rejasida belgilangan “Diniy ekstremizm va terrorizm barqarorlik va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid”, “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi”, “Odam savdosi, ekstremizm va terrorizm: inson huquq va erkinliklariga tahdid” kabi mavzularda deputatlar tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashining 2020 yil 20 maydagi 01-03/111-son ma’lumotnomasi). Natija aholi ongiga qonun va qonunosti hujjatlaridagi mavjud terminlarning mohiyatini chuqur singdirish, yoshlarda milliy-axloqiy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, ularga amal qilish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
davlat va din munosabatlarida muvozanatni saqlash, uni mustahkamlashga oid paradigmalar transformatsiyasiga doir ilmiy xulosalaridan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy Kengashining qaroriga (2018 yil 30 avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasiga) binoan 2019 yil nashrdan chiqarilgan “Dinshunoslik” fanidan o‘quv qo‘llanma(ISBN 978-9943-6002-2-5)ning 2-bobini “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “Vijdon erkinligining huquqiy asoslari” mavzulari, 7-bobning “O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari” mavzusi va 9-bobning “Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri” hamda “Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlarning oldini olish” kabi mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1933-son ma’lumotnomasi). Natija Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalarining mamlakatimizda din va davlat munosabatlarida muvozanatni ta’minlashga doir amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyatini chuqur anglash, ularning yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga xizmat qilgan;
otinoyilar faoliyatini tartibga solish, ularning rasmiy faoliyat olib borish hamda maxsus o‘quv dasturi asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita otinoyilar faoliyatini tartibga solishda, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari tomonidan “Bag‘rikenglik va mutaassiblik”, “Toleratnost`”, “Dinlarni tasniflash metodologiyasi”, “Islom ma’rifati” nomli monografiyalar hamda “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik”, “Islom va hozirgi zamon” singari o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 22 maydagi 2928-son ma’lumotnomasi). Natija Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining xotin-qizlarning diniy bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishning qonuniy mexanizmlarini takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
“jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ta’lim-tarbiya hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar Dasturi”ning I bob, 2-bandi "Oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shaklan va mazmunan boyitish hamda bu jarayonga innovatsion usullarni joriy etish maqsadida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasini ishlab chiqish"da, V bob, 20-bandi "Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 maydagi 02/07-493-son ma’lumotnomasi). Natija yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.