Bozorov Zokir Mexriqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy tarjimada leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash muammolari (A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining inglizcha tarjimalari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil464.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini inglizcha tarjimalarida leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash muammolarini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
badiiy matnga xos konnotativ ma’noga ega leksik birliklarning badiiy, implikatsiya va eksplikatsiya amallari vositasida tarjima qilish samarasi asoslangan;
badiiy matnning pragmatik qiymatini tarjimada qayta yaratishda lingvo-semantik va kommunikativ omillarning ustuvorligi ochib berilgan;
metafora, metonimiya, mubolag‘a va frazeologik birliklarning badiiy matnda qo‘llanishining konseptual-pragmatik asoslari aniqlangan;
metafora, metonimiya, mubolag‘a stilistik vositalarini tarjima qilish strategiyalari ishlab chiqilgan;
frazeologik birliklarning stilistik xususiyatlarini tarjimada analogiya, dominant leksika asosida aks ettirish usullari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy tarjimada leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash muammolari, leksik-stilistik vositalarni tarjima qilish strategiyalarning tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tadqiqot davomida ilmiy asoslangan tarjima metodlari va transformatsiyalariga oid nazariy xulosalar asosida OT-F8-062 “Til taraqqiyotining derevatsion qonuniyatlari” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 89-03-2419-son ma’lumotnomasi). Ushbu fundamental loyiha doirasida A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida leksik-stilistik vositalarining qo‘llanilishi tahlili bobidagi tilshunoslik va adabiyotshunoslikning tasvir obe’ktiga doir qarashlaridan, metafora, metonimiya, mubolag‘a kabi badiiy-tasviriy vositalarning badiiy matndagi o‘rni va tarjima jarayonidagi o‘zgarishlari qiyosiy tahlili natijalaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va talabalarning O‘zbekistonda tarjima, uning tavsifi, xossasi, o‘ziga xos hususiyatlari borasida qobiliyatini oshirish yuzasidan yangi yondashuvlar sifatida I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 89-03-2419-son ma’lumotnomasi) o‘qituvchi va talabalarning badiiy tarjima jarayonida leksik-stilistik bo‘yoqdorlikni saqlash muammolari bo‘yicha bilimini oshirish, shuningdek tarjima matni tahlilida leksik-stilistik vositalarni o‘zida mujassamlashtirgan so‘zlar, so‘z birikmalari, iboralarning madaniy mazmunini saqlagan holda tarjima tilida bayon etish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda, oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan badiiy tarjimaga doir fanlarning mavzu doirasini boyitish va mukammallashtirishda foydalanish imkoni yaratilgan.
Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi bilimini va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlashda Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli loyihasi . (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 89-03-2419-son ma’lumotnomasi) doirasida xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan foydalanish imkonini bergan.
Samarkand viloyati televidinesinig 2020 yil, 2 iyul` sanasida efirga uzatilgan "Assalom Samarqand" ko‘rsatuvida (Samarkand viloyati televideniesining 2020 yil, 4 iyuldagi 09-02/217-son ma’lumotnomasi) bugungi kunda o‘zbek tarjimachiligi va uning taraqqiyot tendensiyalari, shu bilan birga badiiy tarjima va unda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi haqida tomoshabinlarga ma’lumot berilgan. Natijada teletomoshabinlarning qiyosiy adabiyotshunoslik borasida bilim saviyalari oshishiga imkon yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish