Karimov Qudratilla Fuadovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Covutish texnikasi, issiqlik almashinish apparatlari va mashinalarini takomillashtirish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T283.
Ilmiy maslahatchi: Zokirov Sanat Gapurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, 14.07.2016.T.02.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Morozyuk Tat`yana, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Djalaliddin Nosirovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p komponentli sovutish agenti aralashmasining ko‘ndalang halqasimon ariqchali yuzalarda puffakli qaynashining ilmiy-uslubiy asosini va sovutish mashinalarining ko‘ndalang halqasimon turbulizatorli trubadan yasalgan issiqlik almashinish apparatini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorod sovutish agentlari va ularning noazeotrop aralashmasining R290/R600a/R600 ko‘ndalang halqasimon turbulizatorli trubalar yuzasida puffakli qaynashidagi issiqlik almashinish modeli yaratilgan;
samarador kondensator, bug‘latgich va kondensator-bug‘latgich bilan jihozlangan bir bosqichli va kaskad sovutish mashinalarining sovutish unumdorligi, energiya sarfi bo‘yicha tenglamalar olingan;
sovutish unumdorligining, sarflanayotgan quvvatning sovutish agenti turiga, samarador trubalarning ishlatilish o‘rniga (kondensatorda, bug‘latgichda va kondensator-bug‘latgichda) bog‘liqligi aniqlangan;
sovish, isish, qaynash, kondensatsiyalanishdagi issiqlik almashinishning yarim empirik modellari yaratilgan;
tashqi tomonida halqasimon ariqchalar ichkari tomonidan unga mos diafragmalarga ega trubalardan yasalgan issiqlik almashinish apparatlarining samaradorligi ko‘rsatilgan. Nakatkalangan trubalarni bug‘latgichlarda ishlatish termodinamik jihatdan foydali, ko‘ndalang halqasimon turbulizatorli trubalardan yasalgan kondensator FIK intervalda 1,06 ÷ 1,25 ni tashkil qilishi aniqlangan;
halqasimon ariqcha va diafragmalarga ega trubalardan yasalgan issiqlik almashinish apparatli bug‘-kompression sovutish mashinalarining samaradorligi ko‘rsatilgan. Kondensatorda №3 truba va bug‘latgichda №4 truba qo‘llanilgan energetik samarador sovutish mashinalarining FIK K da mos ravishda va 0,59 bo‘lishi aniqlangan;
issiqlik almashinish apparatlari energetik samarasini baholash uchun kriteriy yaratilgan;
bir kaskadli bug‘ kompression sovutish mashinasini eksergetik tahlil qilish metodikasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Issiqlik almashinishning aniqlangan qonuniyatlari va issiqlik almashinishni jadallashtirishning yaratilgan usuli asosida ko‘ndalang ariqchalar ko‘rinishidagi turbulizatorli bug‘latgich apparati «Neft-gaz va kimyo mashinasozligi zavodi» AJda joriy qilingan («Uzbekneftegaz» MXKning 2016 yil 9 iyundagi 08/364-645-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi sovuqlik tashuvchi tomonidan gidravlik qarshilik sezilarli ortmaganda issiqlik almashinishni 1,8–2,2 marta oshirish va apparatni tayyorlashdagi konstruksion material sarfini qisqartirish, uning gabarit o‘lchamlarini kichraytirish yoki bug‘latgich orqali sovuqlik tashuvchini haydash energiyasi sarfini, sovuqlik tashuvchi tomonida quyqa hosil bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan. Tavsiya etilgan konstruksiyadagi truba silliq trubali bug‘latgichlarni yig‘ish texnologiyasini buzmaslik, trubalar to‘ridagi trubalar sonini kamaytirmaslik, trubalar diametrini o‘zgartirmaslik, ariqcha va diafragmalarni nakatka yo‘li bilan hosil qilishda issiqlik almashinish yuzasini 8% dan katta qiymatga ortirmaslik, apparatni uzoq vaqt davomida iflosliklardan maxsus tozalash tadbirlarisiz ishlatish, apparat ishonchliligini kamaytirmaslik hamda yaratilgan apparatni bug‘-kompression sovutish mashinasi tarkibida ishlatishda elektr energiyani 1368,4 kVt/sutka miqdorida tejash imkonini bergan.