Maxmudova Muxlisa Qodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyatida risklarni boshqarish usullarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt970.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nafasov Doniyor Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Aloqabank» aksionerlik tijorat banki.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bank faoliyati risklarini boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini pasaytirish orqali xorijiy valyutadagi kreditlar ulushining milliy bank faoliyati moliyaviy barqarorligiga ta’sirini pasaytirish taklif etilgan;
iste’mol kreditlarining aholi daromadlariga bog‘liq ravishda o‘sishini inobatga olib, ularning muddati va foizlarini differensiallashgan tarzda optimallashtirish va “sodiq mijozlar”ga alohida tariflarni shakllantirish taklifi asoslangan;
bank risklarining oldini olishda kapital rentabelligi, aktivlar rentabelligi va kapitalizatsiya ko‘rsatkichlarining uyg‘unligini ta’minlash uchun har yili tasdiqlanadigan biznes rejada belgilangan foydani ta’minlash, bank faoliyatida foydalanilmaydigan asosiy vositalar, daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini oshirmaslik taklifi asoslangan;
krediti muddatini mijoz tomonidan taklif etish imkonini taqdim etish orqali kredit foiz stavkasini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatish imkonini yaratish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banklari tomonidan risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi milliy bank faoliyatining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etishini banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish orqali kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJ va “Asaka” AT banki faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJning 2020 yil 7 avgustdagi 02/3-5591/38-son va “Asaka” AT bankining 2020 yil 3 iyuldagi 1904/3663-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida bankda dollarlashuv darajasini pasaytirishga hamda xalqaro valyuta bozoridagi mazkur valyutalar pozisiyasini salbiy ta’sirdan himoya qilish bilan vujudga keladigan risklarning kamayishiga olib kelgan;
iste’mol kreditlari aholining daromadlariga bog‘liq ravishda o‘sishini inobatga olib, ularning muddati va foizlarini differensiallashgan tarzda optimallashtirish va “sodiq mijozlar”ga alohida tariflarni shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJ Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2020 yil 31 yanvardagi 19-son hamda “Asaka” AT banki Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2020 yil 25 maydagi 41-son bayonnomalariga asosan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJning 2020 yil 7 avgustdagi 02/3-5591/38-son va “Asaka” AT bankining 2020 yil 3 iyuldagi 1904/3663-son ma’lumotnomalari). Natijada, aholiga ajratilayotgan kreditlarning foiz stavkalarini tabaqalashtirish imkoniyati vujudga kelgan;
bank risklarining oldini olishda kapital rentabelligi, aktivlar rentabelligi va kapitalizatsiya ko‘rsatkichlarining uyg‘unligini ta’minlash uchun har yili tasdiqlanadigan biznes rejada belgilangan foydani ta’minlash, bank faoliyatida foydalanilmaydigan asosiy vositalar, daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini oshirmaslik taklifi “Asaka” AT banki tomonidan foydalanilgan (“Asaka” AT bankining 2020 yil 3 iyuldagi 1904/3663-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida kapital va aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichlarini mo‘ljaldagi darajada saqlab turish hamda foyda miqdorining doimiy oshishini nazorat qilish, qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish, qo‘shilgan kapital ko‘rsatkichini oshirish bilan birga riskka tortilgan aktivlarning mo‘’tadil darajasini ta’minlashga erishilgan;
kredit muddatini mijoz tomonidan taklif etish imkonini taqdim etish orqali kredit foiz stavkasini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJ Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasining 2020 yil 31 yanvardagi 19-son qaroriga kiritilib, amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki AJning 2020 yil 7 avgustdagi 02/3-5591/38-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy yilning shu davriga qadar 1351 ta mijozga 11,6 mlrd. so‘m hajmidagi kredit pastroq (21%) foiz stavkasida ajratilgan, kreditlar ajratish va riskining oldini olishda mijozlar bilan samarali muloqot imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish