Xujanov Alisher Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tarqalgan Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.ning biologiyasi va resurslari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B313.
Ilmiy rahbar: Xojimatov Olimjon Kaxxarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Nigmatullaev Alim Magmurovich, biologiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Helichrysum maracandicumning biologik xususiyatlarini asoslash va muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda tarqalgan H.maracandicumning turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarda 12 ta senotik populyasiyalari aniqlangan; 
H.maracandicumning ontogenez davr va bosqichlari hamda senopopulyasiyalarining xarakterli spektrlari aniqlangan;
tur senopopulyasiyalarining ontogenetik strukturasi va yoshga ko‘ra tiplari aniqlangan; 
turli fitotsenotik sharoitlarda turning organizm va populyasion belgilari asosida senopopulyasiyalarini zamonaviy holati baholangan; 
turli ekologik sharoitlardagi H.maracandicum to‘pgullarining murakkab efirlar tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda tarqalgan H.maracandicumning biologiyasi va resurslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
H.maracandicumning biologik va eksplutatsion zaxiralari hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tarkibiga kiruvchi Buruchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi va Zomin davlat qo‘riqxonalari tasarrufidagi erlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 13 dekabridagi 05/21-4289-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon ho‘jaligining 117,5 gektar maydonlarida 0,3 tonna sifatli xomashyo olish imkonini bergan;
H.maracandicumning tarqalgan hududlari va populyasiyalarining tarqalishi bo‘yicha GAT xaritalari, muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Samarqand viloyatining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 13 maydagi 02-02/8-464-son ma’lumotnomasi). Natijada, H.maracandicum 2 ta potensial tarqalgan hududlarni aniqlash va muhofazaga muhtoj populyasiyalarni muhofaza qilish imkonini bergan;
H.maracandicumning Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlari hududlaridan yig‘ilgan 140 dan ortiq gerbariy namunalari respublika noyob ob’ekti “O‘zbekiston Milliy gerbariysi” (TASH) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 yanvardagi 18/1255-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, H.maracandicumning mavjud kolleksiyasini boyitgan va yangi lokalitetlarini aniqlash hamda FLORUZ ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish