Muradullaev Alisher Muradullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za navlari va tizmalarining yuqori haroratga chidamliligining morfo-fiziologik xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B400. 
Ilmiy rahbar: Raxmonkulov Saidakbar, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.53.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Nabiev Saydig‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za navlari va tizmalarida yuqori harorat ta’sirida sodir bo‘ladigan morfologik va fiziologik o‘zgarishlarning qimmatli xo‘jalik belgilariga ta’sirini aniqlash asosida ularning chidamlilik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning ingichka tolali Surxon-14, o‘rta tolali Istiqlol-14 navlarida hamda L-02 tizmasida turli yuqori havo harorati sharoitlarida transpiratsiya jadalligi bilan mahsuldorlik va saqlanib qolgan hosil elementlari soni belgilari orasida o‘zaro ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
g‘o‘za navlarida transpiratsiya jadalligi ularning ma’lum bir sath birligidagi bargning ustki va ostki tomonidagi og‘izchalar soni va o‘lchamiga bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib, bunda morfologik belgi bo‘yicha g‘o‘zanig suv balansiga doir xulosa berish mumkinligi isbotlangan;
g‘o‘za nav va tizmalarining yuqori haroratga bardoshliligini tabiiy shuningdek, sun’iy yuqori harorat sharoitida shonalash-gullash fazasida bargdagi hujayra shirasi konsentratsiyasi ko‘rsatkichiga ko‘ra aniqlash mumkinligi isbotlangan;
g‘o‘za nav va tizmalarida yuqori haroratga nisbatan bardoshlilikni hosil miqdori va tola sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha, morfologik belgilaridan esa bargning qalinligi, tuklanish darajasi va barg sathi ko‘rsatkichlariga ko‘ra aniqlanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za navlari va tizmalarining yuqori haroratga bardoshliligining morfo-fiziologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning o‘suv davrida yuqori haroratga chidamli, hosil elementlari, tola sifat ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lgan “Surxon-14” navi Surxondaryo viloyatining Angor, Qiziriq, Sherobod va Termiz tumanlarida 5,557 ming ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3464-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan yuqori va sifatli ingichka tola hosil olish imkonini bergan; 
g‘o‘zaning “Istiqlol-14” navi Surxondaryo viloyatida joriy etilib, Jarqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklarda 33,2 ga maydonga, Sho‘rchi tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 208,5 ga maydonga ekilgan (O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari  va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 15 avgustdagi 01/02-2343-son ma’lumotnomasi). Natijada, rentabellik darajasi 16–20% qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
g‘o‘zaning L-01 va L-02 tizmalari tanlanib amaliy seleksiya jarayonida yuqori haroratga bardoshli navlar yaratishda boshlang‘ich manba sifatida tavsiya etilgan hamda ushbu tizmalarning urug‘lik materiallari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 iyundagi 4/1255-1802-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar o‘rta tolali g‘o‘za kolleksiyasi fondini yanada boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish