Yusupov Otabek Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning funksional-semantik va lingvokul`turologik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil439.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Samigova Hushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning struktur-semantik, funksional va lingvokul`turologik hamda o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat bo‘lib, u jumladan, leksik dubletlarning sistem-struktur, tarixiy-etimologik tahlillarini amalga oshirish va ularni nutqiy iste’molda qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning shakllanishi, rivojlanishi va me’yorlashuvini ta’minlovchi lingvistik va nolingvistik omillarni belgilovchi lisoniy mezonlar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning qo‘llanishidagi fonetik, leksik-semantik farqlari aniqlangan hamda faktik materiallar asosida dalillangan; 
tadqiqot olib borilayotgan ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlar semantik jihatdan kategoriyalashtirilib, qiyosiy-chog‘ishtiruv metodi asosida tahlil qilingan, o‘zaro munosabatlari asoslangan;
an’anaviy lingvistik metodlar yordamida ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlar tahlil qilinib, o‘rganilayotgan tillarning dubletlarni o‘zlashtirish borasida ilmiy jihatdan qat’iy fikrlar aytilgan, yasalish asoslari affiksatsiya, kompozisiya va semantik usullaridan iborat ekanligi  dalillangan.
qiyoslanayotgan tillardagi leksik dubletlar semantik-funksional va lingvokul`turologik jihatdan o‘rganilgan va ularning til me’yorlariga munosabati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlar tarkibini aniqlash, ingliz va o‘zbek tillari lug‘at tarkibi va til funksional stilistikasining dubletlarga munosabati tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Leksik dubletlarning etimologiyasi, shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aks ettirish maqsadida OT-F8-062 “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasi doirasida tilshunoslikdagi leksik dubletlarning shakllanishi, rivojlanishi va me’yorlashuvini ta’minlovchi lingvistik va nolingvistik omillar aniqlanib, lisoniy mezonlar bilan dalillandi va loyiha materiallarini shakllantirishda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi).
Ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning funksional-semantik va lingvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar hamda takliflar I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik birliklar funksional hamda lingvokul`turologik jihatdan guruhlandi va ularning til me’yorlariga munosabati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va mazkur tavsiyalardan filologiya hamda xorijiy til ta’lim yo‘nalishlari uchun virtual resurslar yaratish amaliyotini osonlashtirgan; 
2018-2020 yillarda amalga oshirilgan OT-Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasi doirasida axborot-texnologiyalari dasturlari va internet ilovalarini yaratishda ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning lingvistik tabiatini aniqlash, fonetik, leksik va lug‘at tarkibidagi funksional rolini aniqlashda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi).
Dissertatsiyaning ilmiy-nazariy va amaliy tahlillar va materiallaridan Urganch davlat universitetida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 561574-ERR-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master rrogramme” nomli grant loyihasi doirasida ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning funksional-semantik va lingvokul`turologik xususiyatlarini ifodalashdagi roli va tarjima jarayonida adekvat tarjimani amalga oshirish, tilshunoslik atamalarini to‘g‘ri ifodalash vositalarni inobatga olish zarurati, tahlil va tarjima yo‘llari bilan bog‘liq natijalaridan loyiha doirasida professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tadbiq qilingan “Ingliz tili” kursini yaratishda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi).
Namangan davlat universitetida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida tadqiqot jarayonida erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan foydalanilgan.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy tahlillar hamda materiallaridan ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning til tizimidagi o‘rni, ahamiyati va semantik strukturasi, tilshunoslik atamalarini to‘g‘ri ifodalash vositalarni inobatga olish zarurati natijalaridan 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Theoretical English Grammar (Ingliz tili nazariy grammatikasi)”nomli darslikni yaratishda va o‘quv jarayoniga tatbiq qilishda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2654-son ma’lumotnomasi).
Ilmiy tadqiqotda ishlab chiqilgan materiallar va ilmiy-nazariy xulosalar Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlangan hamda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2020 yil 8 aprel sanasidan 20 mayga qadar efirga uzatilgan “Ingliz tilidan onlayn dars” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda joriy etildi. (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 14 iyuldagi 0901/226-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish, ingliz va o‘zbek tillaridagi leksik dubletlarning lingvokul`turologik xususiyatlarini ifodalash, tarjima jarayonida adekvatlikni amalga oshirish, tilshunoslik atamalarini to‘g‘ri ifodalash hamda qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslikning o‘ziga xos jihatlarini ifodalashi to‘g‘risida etarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish