Sapaev Duschan Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi yiringli – septik asoratlarning oldini olish va hayot sifatini baholash», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib692.
Ilmiy rahbar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: exinokokkektomiyadan keyin yiringli – septik asoratlarning oldini olish uchun fibroz kapsula bo‘shlig‘iga ishlov berish va bartaraf etishning taktik jihatlarini takomilashtirish yo‘llari orqali jigar exinokokkozining jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil lokalizatsiyali exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarning oila a’zolarini majburiy dispanser diagnostikasi prinsipiga muvofiq klinik jihatdan qayd etilgan holatlar va kasallikning yashirin shakllarini tekshirishni hisobga olgan holda Xorazm viloyati aholisining gidatidli zararlanish chastotasining intensiv ko‘rsatkichi aniqlangan;
parazit invaziyasi aniqlangan bemorlarning qarindoshlarida gidatidoz zararlanish chastotasi va xususiyatini tekshirgan holda exinokokkoz bilan oilaviy kasallanish ehtimoli aniqlangan;
oshqozonning sekretor funksiyasini inobatga olgan holda kislota bar`erini pasayishi fonida exinokokk onkosferasi parazitar invaziyasi ehtimoli verifikatsiyasi bilan gidatid zararlanish rivojlanishining patogenetik jihatlari aniqlangan; 
yiringlash bilan asoratlangan jigar exinokokkozida qoldiq bo‘shliqqa dekasan bilan ishlov berish va fibroz kapsulani ul`tratovushli kavitatsiya qilish mahalliy yiringli-septik asoratlar rivojlanish havfisiz fibroz kapsulani to‘liq yoki qisman bartaraf etish imkonini berishi isbotlangan; 
jigardan exinokokkektomiyadan so‘nggi qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish va uni bartaraf qilishning takomillashtirilgan taktik jihatlarining klinik afzalliklari asosiy baholash mezonlarini – drenajlashning zarurati va davomiyligi, ajralmaning tabiati, yaqin va uzoq davrdagi asoratlar uchrashini inobatga olgan holda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jigar exinokokkozining jarrohlik davosini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
«Jigar exinokokkozini erta aniqlashda yangicha yodashuvlar va davolash – profilaktika choralari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 avgustdagi 8n-z/104-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar jigar exinokokkektomiyasidan keyin fibroz kapsula bo‘shlig‘iga ishlov berishning taktik jihatlarini yaxshilash imkonini bergan;
jigar exinokokkoz bemorlarning jarrohlik davosi sifatini yaxshilashga ko‘ra olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 avgustdagi 8n-z/104-son ma’lumotnomasi) tadbiq etilgan. Buning natijasida jigar exinokokkektomiyadan keyin fibroz kapsula bo‘shlig‘ini naychalash zarurligini 63,8% dan 36,6% gacha kamaytirdi, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar uchrashini 12,5% dan 5,4% gacha qisqartirdi, bu hayot sifati ko‘rsatkichlarining ertaroq tiklanishi bilan reabilitatsiya davrini pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish