Maxmudov Raufjon Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida avestizmlar», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil941.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkarim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori; Tillaeva Muyassar Botirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili leksik qatlamining genezisi “Avesto”ga bog‘lanadigan so‘z va komponentlarini tahlil qilish, ularning lug‘atini tuzish, shu asosda o‘z va substrat qatlamga oid lug‘aviy birliklarni o‘rganish, ularning tarqalish arealini aniqlash, avestoviy birliklarning jahon tillariga ta’sir ko‘lamini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili lug‘at qatlamiga mansub avestoviy-xorazmiy elementlarning o‘zaro qarindosh bo‘lmagan, lekin yaqin madaniy, siyosiy, geografik, diniy mushtarak xalqlar tillarida bir-biriga o‘zlashish va singishning lingvistik va ekstralingvistik omillari aniqlangan;
o‘zbek tili lug‘at qatlamiga mansub avestoviy-xorazmiy qatlam so‘zlarning hozirgi o‘zbek adabiy tilida ma’no torayishi, ma’no kengayishi kabi lisoniy hodisalarning yuzaga kelish sabablari ochib berilgan;
o‘zbek tili leksikasidagi avestoviy-xorazmiy elementlarning mavzuviy-tematik tasnifi yaratilib, shu paytgacha o‘zlashma so‘z deb qaralgan ko‘plab so‘zlar substrat qatlam va o‘z qatlamga oid ekanligi aniqlangan;
o‘zbek tili leksikasiga mansub avestoviy-xorazmiy elementlarning turli tillardagi fonetik variantlari topilib, ulardagi fonetik va leksik-semantik o‘zgarishlar aniqlangan, shu asosda dunyo tilshunosligi rivojida turkiy til, xususan, o‘zbek tilining ta’siri beqiyos ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi.
O‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalaridagi avestoviy-xorazmiy elementlarni o‘rganish asosida:
tadqiqot natijalaridan Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etishda, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asarini o‘zbek tilidagi izohi bilan nashr qilishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2020 yil 25 iyundagi 03-03/518-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy qo‘lyozmalar haqidagi tavsiflar mazmuni yanada boyigan, kitobxonlarga raqamli kutubxonadan foydalanishda qulaylik yaratilgan, “Axloqi muhsiniyn” va “Muqaddimat ul-adab” asarlari lug‘at qismida keltirilgan so‘zlarning izohi yanada mukammallashtirish imkonini yaratgan;
tadqiqot xulosalaridan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi fondida saqlanayotgan “Avesto”ning turli mamlakatlardan keltirilgan nodir nusxalarini hozirgi o‘zbek tiliga o‘girish va “Avesto” lug‘at tarkibiga kirgan bir qancha so‘zlarning ma’nosini sharhlashda foydalanilgan (Xalqaro «Oltin meros» xayriya fondining 2020 yil 20 iyundagi №01-40-son ma’lumotnomasi). Natijada avestoviy so‘zlarning genetikasi ravshanlashgan va ularning tarqalish areali, ma’no taraqqiyoti aniqlangan;
tadqiqot natijalaridan Xorazm viloyati Ma’naviyat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Qadimgi Xorazmning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat markazining 2020 yil 25 iyundagi 02/11-662-son ma’lumotnomasi). Natijada Ma’naviyat markazining targ‘ibot-tashviqot materiallari mazmuni yanada boyigan, ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ortishiga imkon yaratilgan;
Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017 yilda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 martdagi 49-bayoni asosida amalga oshirilgan “Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etish”(loyiha rahbari M.Safarboev) grant loyihasida (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2020 yil 17 iyundagi 89/2-20-sonli ma’lumotnomasi) hamda “Mahmud Zamaxshariy “Muqaddimat ul-adab” asarini tarjima qilish va chop qilish” (loyiha rahbari Sh.Qodirov) grant loyihasida dissertatsiya ilmiy natijalaridan keng foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2020 yil 17 iyundagi 90/2-20-sonli ma’lumotnomasi) Pirovardida ushbu asarlar lug‘at qismida keltirilgan so‘zlarning etimologik, leksik-semantik izohi yanada mukammallashgan, kitobxonga tushunarlilik darajasi oshirish imkonini bergan;
o‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalaridagi avestoviy-xorazmiy elementlarni aniqlash yuzasidan keltirilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Tilimizni o‘rganamiz”, “Kitobxon vaqti” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 iyundagi 1025-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv matnining ilmiy-manbaviy saviyasi boyitish imkonini bergan.