Abduraxmanov Zufar Mamurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aortal tavaqasi tug‘ma nuqsonlarida rekonstruktiv operatsiyalar», 14.00.34– Yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2018.1.PhD/Tib523.
Ilmiy rahbar: Emes Il`ya Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Abralov Xakimjon Kabuldjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: «Milliy ilmiy kardioxirurgiya markazi» aksiyadorlik jamiyati (Kozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aorta tavaqa patologiyasi bor bo‘lgan turli yosh guruhlariga mansub bolalarda zamonaviy rekonstruktiv amaliyotlarni qo‘llash yo‘li bilan tabiiy tavaqani saqlashga bo‘lgan ko‘rsatmalarni kengaytirish orqali aorta tavaqasi plastikasining turli usullari samaradorligini o‘rganishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional aorta xalqasi dilatatsiyasi, qopqoq prolapsi, restriksiya yoki retraksiyasining nisbatlari qismini tasdiqlagan holda rekonstruktiv korreksiyani talab etadigan aorta tavaqasi etishmovchiligi rivojlanishining morfofunksional mexanizmlari aniqlangan;
aorta tavaqasi tug‘ma patologiyasida amalga oshirilgan rekonstruktiv-plastika amaliyotlarining aorta ildizi va ko‘tariluvchi aortaning chiziqli va hajmli ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishini chap qorinchaning qayta remodellanishi va sisto-diastolik funksiyasi o‘zgarishini inobatga olgan holda aniqlangan;
uzoq muddatli operatsiyadan so‘nggi davrda reoperatsiyalardan erkinlikning dinamik indeksli ko‘rsatkichlarini bolalarning yosh guruhlari, dastlabki klapan fenotipi, kompleks plastika jarrohlik texnikasi murakkabligi, operatsiyadan keyingi tavaqa geometriyasi, avtoperikardial yamoq va ilgari ballon valvulotomiyasini o‘tkazganligi bilan bog‘liq ravishda aniqlangan;
chap qorincha dilatatsiyasining dastlabki darajasini e’tiborga olgan holda prediktorlarni va ularning aorta tavaqasining takroriy disfunksiyasi, hamda reoperatsiyalar bilan prognostik sabab sifatida bog‘liqligi aniqlangan;
aorta tavaqasi qopqoqlarining geometrik parametrlarini tabiiy matematik hisoblashlar orqali Ozaki operatsiyasini bajarish uchun o‘lchagichlar va shaklli andoza to‘plamlari ishlab chiqilgan, hamda 3D exokardiografiya yordamida operatsiya davomida qopqoqning optimal balandligi (qoldiq tafovut va regurgitatsiya belgilarisiz) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tug‘ma etiologiyali aorta tavaqa patologiyasi bor bolalarni xirurgik davolashni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
“Aorta tavaqasi tug‘ma nuqsonlarda rekonstruktiv operatsiyalar” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 8n-z/105-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar xirurgiya taktikasini tanlashni optimallashtirish, tromboembolik asoratlar, qon ketish, yuqumli endokardit xavfini kamaytirish, neoaorta ildizning kengayishiga va neoaorta tavaqasi etishmovchiligini rivojlanishiga, shuningdek, aorta tavaqasini protezlash usullarini kechiktirish orqali yurakning o‘ng va chap qismlarida takroriy xirurgik amaliyotlarni bajarishga yo‘l qo‘ymaslik imkonini bergan; 
“O‘lchagichlar va qayta ishlatiladigan shakldor andaza to‘plami bilan bajariladigan aorta tavaqasida rekonstruktiv amaliyoti”ga Ukraina patentlar agentligining ixtiroga patenti olingan (№FAP 125759-son, 25.05.2018). Tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan xirurgik instrumentlar to‘plami kerakli o‘lchamdagi qopqoqni o‘lchash, kesish imkonini bergan, biologik materialdan neotavaqa qopqoqlarining kompetentligini ta’minlagan va qayta operatsiyalardan to‘liq erkinlik bilan qoniqarli va o‘rta muddatli gemodinamik natijalarni olish imkonini bergan;
aorta tavaqasining tug‘ma patologiyasi bo‘lgan bolalarni xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli  tibbiyot markazida va Toshkent shahar “Ezgu Niyat” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kardioxirurgik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 8n-z/105-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Qo‘llanilgan yoshga bog‘liq taktikaga asoslangan tavsiyalar aorta tavaqasining tug‘ma patologiyasi bor bolalarda xirurgik davo turini tanlashni takomillashtirish natijasida olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi amaliyotdan keyingi reoperatsiyadan erkinlik ko‘rsatkichini 71,5% dan 94,7% gacha, qopqoq qoniqarli koaptatsiyasi darajasini 70,8% dan 97,4% gacha oshirish, shu bilan birga, amaliyotdan keyingi erta davrda uchraydigan o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish