Ilxamov Nortoy Muradovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sazavot ekinlarining tejamkor sug‘orish usullarini takomillashtirish”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.4.DSc/Qx36.
Ilmiy maslahatchi: Nurmatov Shermat Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyoqulov Mirzaolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tejamli sug‘orish usullaridan va organik o‘g‘itlardan gektariga 40 tonnadan solib sabzavotchilik sharoitida sabzavot ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish hamda ekin maydonlarini hosildorligni oshirish, maqbul ekish sxemalari va TST-(tomchilatib sug‘orish tizimida)da tomchilatgichlar orasidagi masofalarni aniqlash, suv sarfini kamaytirish, tuproqni fizik va agrokimyoviy xossalarini yaxshilash va unumdorligini oshirish, ekinlardan yuqori hosil olish imkonini beruvchi agrotexnologiyalar elementlarini takomillashtirish hamda ekin maydonlarini fitosanitar holatini yaxshilovchi tejamkor sug‘orish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida sabzavot ekinlarini sug‘orishning maqbul suvtejamkor tomchilatib va qora polietilen plyonka ostidan tomchilatib sug‘orish usuli takomillashtirilgan;
tuproqning suv-fizik xossalari, unumdorligini yaxshilashi hosildorlikni oshishiga va sabzaot ekinlarining turlari va navlari hamda sug‘orish usullarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
sabzavot ekinlari va kartoshkani tejamkor va takomillashtirilgan sug‘orish usullarida etishtirishda mavsumiy sug‘orish me’yorlari aniqlangan;
sabzavot ekinlarini turli sug‘orish usullarida tuproqning namlanish darajasi, qatlami,va bir sentner hosil etishtirish uchun ketgan suv sarfi aniqlangan;
bahorgi va yozgi mavsumda suvtejamkor sug‘orish usullariga bog‘liq holda sabzavot ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi hamda hosil sifatini oshishiga ta’siri aniqlangan;
sabzavot ekinlari va kartoshkani tomchilatib sug‘orishda takomillashtirishning maqbul oralig‘i 10-20 sm bo‘lishi aniqlangan va suv sarfini kamayishiga, hosildorlik va mahsulot sifatini oshishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
sabzavot ekinlari turli tejamkor sug‘orish usullarida parvarishlanganda dala maydonining fitosanitar holati, ya’ni begona o‘tlar bosishi, zararkunandalar zichligi va kasalliklar tarqalishining kamayish darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tejamkor sug‘orish usullarini sabzavot ekinlarida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Sabzavot ekinlarining tejamkor sug‘orish usullarini takomillashtirish» tavsiyanomasi tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20-fevraldagi №04/25-637-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida suvtejovchi qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sabzavot ekinlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llashni takomillashtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «NSA AGRO DEVELOPMENT» MCHJ xo‘jaligida 1 gektar maydonda sabzavot ekinlaridan shirin qalampir va pomidor ekinlarida joriy etilgan bo‘lib, shundan 0,1 gektarida qora polietilen plyonka ostidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20-fevraldagi №04/25-637-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan 50% suv tejalib, shirin qalampir hosildorligi 10-15% ga ortgan, hosil bir paytda 20 kun erta etilgan, rentabellik 35-50% ni tashkil qilgan;
sabzavot ekinlarini suv tejamkor sug‘orish usullarida parvarishlash agrotexnologiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «Selekta» MChJda 10 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20-fevraldagi №04/25-637-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi kuchi tejalishi hisobiga umumiy harajatlar 30% ga kamayishi, sug‘orishlar qora polietilen plyonka ostidan tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llab o‘tkazilishi hisobiga begona o‘tlar unib chiqishi 60-70% kamaygan, gektaridan 10-15% qo‘shimcha hosil olingan va hosil 20 kun erta etilgan;
tejamkor sug‘orish usullarini sabzavot ekinlarida qo‘llash ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «Maqsud baraka» fermer xo‘jaligida 7 gektar, «Toxir TMT» fermer xo‘jaligida 6 gektar va «Madina Moxira» fermer xo‘jaligida 2 gektar, jami 15 gektar maydonda joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20-fevraldagi №04/25-637-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlarini 50% tejashga erishilib, sabzavot ekinlarini ushbu tejamkor sug‘orish usullarida sug‘orib etishtirishda sof foyda sabzavot ekinlarida o‘rtacha 7-9 million so‘mni tashkil qildi, rentabellik 45-60% ni tashkil qilgan.