Aymuratov Rapat Paraxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ustyurtning em-xashak o‘simliklari va ulardan Orolbo‘yining inqirozga uchragan erlarini yaxshilashda foydalanish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.RhD/V237.
Ilmiy rahbar: [Saribaev Bazarbay], biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori; Kudaybergenova Ulbike Kallibekovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismining em-xashak o‘simliklari turlar tarkibini kompleks aniqlash va Orolbo‘yi yaylovlaridagi inqirozga uchragan erlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish uchun istiqbolli turlarni tanlab olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ustyurtning Qoraqalpoq qismidagi mintaqada chorvachilikni rivojlantirishga yordam beradigan o‘simlik jamoalarining tabiiy ozuqa manbalari aniqlangan;
Ustyurt platosining Qoraqalpog‘iston qismida em-xashak o‘simliklari (ekologik chegara, geografik) aniqlangan;
Ustyurt platosining Qoraqalpog‘iston qismidagi asosiy yaylovlarning yalpi va eyiladigan zaxiralarining hozirgi holati asoslangan;
Ustyurt platosining Qoraqalpog‘iston qismidagi yaylovlarning zararli va zaharli o‘simliklari aniqlangan;
o‘simlik jamoalarining mahsuldorligi va istiqbolli turlarni tanlash uchun o‘simliklarning tuzga chidamliligi aniqlangan;
istiqbolli uchta em-xashak o‘simliklari introduksion baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ustyurtning em-xashak o‘simliklari va ulardan Orolbo‘yining inqirozga uchragan erlarini yaxshilashda foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismidagi em-xashak o‘simliklarining tarkibini kompleks aniqlash va yanada istiqbolli turlarni tanlab olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2019 yil 17 martdagi 02/18-642-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov foydalanish identifikatsiyasi va chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun tabiiy resurslardan ratsional foydalanish shuningdek, yaylov florasining tarkibini aniqlash imkonini bergan;
tabiiy resurslardan ratsional foydalanish yo‘llari va istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha Ustyurt platosi qoraqalpoq qismida chorvachilikni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 19 martdagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, inqirozga uchragan yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish uchun istiqbolli turlarni tanlash hamda Ustyurt platosi Qoraqalpoq qismidagi tabiiy resurslarni istiqbolli rivojlantirish va ulardan unumli foydalanish imkonini bergan.