Shamsiev Shermat Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gazni qazib chiqarish va qayta ishlashda qatlam va nordon suvlarini vodorod sul`fiddan tozalash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T978. 
Ilmiy rahbarlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmad Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz qazib chiqarish va qayta ishlashdan chiqadigan nordon va qatlam suvlarini vodorod sul`fididan tozalash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vodorod sul`fidli suvlardagi sul`fid ionlarini anodda elektrokimyoviy hosil bo‘lgan Fe2+, Fe3+ ionlari bilan neytrallash uchun ularni Fe2+, Fe3+ ionlari bilan erimaydigan temir sul`fidi cho‘kmasiga bog‘lash orqali to‘liq ajralishi aniqlangan;
ilk bor toshko‘mir asosida tayyorlangan uglerodli katalizatorda havo kislorodi bilan vodorod sul`fidini suyuq fazali geterogen oksidlanishi aniqlangan;
faollashtirilgan Sharg‘un toshko‘mirini havo kislorodi bilan vodorod sul`fidini oksidlanish jarayonining katalizatori sifatida qo‘llanilishi aniqlangan;
ilk bor elektroliz va katalizatorda oksidlash orqali suvdagi vodorod sul`fidini 100% neytrallashning ikki bosqichli elektr energiyasidan foydalanmasdan katalizatorning moddiy va energiya jihatidan samarali qayta tiklanishini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqilgan;
tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash bloklarida metildietanolaminni reflyuksdan ajratib, materialning sarflanishini kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gaz qazib chiqarish va qayta ishlashdan chiqadigan nordon va qatlam suvlarini vodorod sul`fididan tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anodda generatsiyalangan Fe2+, Fe3+ ionlar yordamida VSni neytrallash usuli «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 2 apreldagi 03/17-5/26-254-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fid ionlarni Fe2+, Fe3+ ionlar yordamida suvda erimaydigan temir sul`fid xolatiga biriktirish usuli yo‘li bilan uni 100% gacha chiqarib yuborish imkonini bergan;
ko‘mir-katalizator yuzasida havo kislorodi yordamida VSni elektrokatalitik oksidlash orqali VSni neytrallash usuli «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 2 apreldagi 03/17-5/26-254-son ma’lumotnomasi). Natijada, VSni 100% chiqarib yuborilishi ta’minlanadi, adsorbent-katalizator esa regeneratsiyalanadi, bunda uning samaradorligi (adsorbent-katalizator) 10 karra qayta foydalanish imkonini bergan;
tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash bloklaridagi flegmadan metildietanolaminni (MDEA) ajratib olish usuli «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 2 apreldagi 03/17-5/26-254-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiyalarni joriy qilish hisobidan bir yilda yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish