Sadullaeva Nilufar Azimovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida yig‘iqlik va yoyiqlik hosilasi”, 10.00.06 – Qiyosiyadabiyotshunoslik,chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil44.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullaeva Ra’no Raupovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor;Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor;Aynur O‘zjan (Anqara universiteti), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida yoyiqlik va yig‘iqlik hosilalarining semantik-struktur xususiyatlari, boshqa hodisalar bilan munosabati, ulardan farqli tomonlari, diskursdagi o‘rni, muallif intensiyasini ifodalashdagi mavqeini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoyiq va yig‘iq hosilalar turli tizimli tillarda umumlingvistik hodisa ekanligi tavsiflangan;
o‘zbek va ingliz tillarida yig‘iq, yoyiq va to‘liqsiz birliklarning substansial mohiyati qiyoslangan; 
qiyoslanayotgan tillarda yoyiqlik va yig‘iqlikning semantik kategoriyalar bilan munosabati, ularning tuzilishi va gap lisoniy qolipi kabi semantik-struktur xususiyatlari aniqlangan, yig‘iq gapning lisoniy hodisa, to‘liqsiz gapning esa nutqiy jarayon ekanligi o‘zbek va ingliz tilidagi poetik, dialogik va publisistik misollar asosida dalillangan;  
yig‘iq va to‘liqsiz birliklarning tuzilishi, gapdagi vazifasi, shakli va yasalishi, turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi kabi struktur xususiyatlari o‘xshash ekanligi isbotlangan;
an’anaviy va substansial tilshunoslikda yig‘iq va to‘liqsiz gaplar gap lisoniy qoliplarining farqlanishi o‘zbek tilidagi nasriy va nazmiy asarlardan olingan misollar bilan isbotlangan;
o‘zbek substansial tilshunosligida berilgan yig‘iq va to‘liqsiz gaplar ingliz tilshunosligida berilgan bu birliklardan struktur jihatdan farqlanishi aniqlangan;
yig‘iq va yoyiq hosilalarning har ikki tillardagi shakli, yasalishi, vazifasi va mohiyati kabi substansial xususiyatlari asoslangan;  
badiiy matnlarga tahliliy yondashuv, yig‘iq va yoyiq hosilalarning matnlarda, xususan, publisistik va badiiy diskurslarda qo‘llanishini tahlil etish, yig‘iq va to‘liqsiz gaplarning stilistik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tarjima jarayonida zarur tavsiyalar ishlab chiqilgan;
yig‘iq va to‘liqsiz birliklarning matn hosil qilishdagi o‘rni va mavqei, ularning diskursiv-pragmatik, intertekstuallik xususiyatlari hamda matn mazmuni shakllanishi asosida muallifning intensiyasi va imkoniyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek va ingliz tillaridagi yig‘iq, yoyiq, to‘liqsiz birliklarning xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida (5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili))” fani bo‘yicha uzviylashgandavlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O’zStandart davlat agentligida 2017 yil 10 oktyabrda O’zDSt 36.1542:2014№ 5164 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Joriy etilgan materiallar o‘zbek tilida yig‘iqlik va yoyiqlik hosilalari, ularning o‘zaro munosabatini yoritishda, matnni tashkil qilishda, muallif intensiyasini shakllantirishda, bu birliklarning qahramon obrazlarini tasvirlashda ingliz tilida qo‘llanganlari bilan qiyosini ochib berishga xizmat qilgan;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida (5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)) leksikologiya, grammatika, stilistika, qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi fanlari bo‘yicha uzviylashgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O’zStandart davlat agentligida 2017 yil 24 avgustda O’zDSt 36.1542:2014№ 603 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Joriy etilgan materiallar turli tizimli tillarda gapning keltirilgan ko‘rinishlarini qiyosan tahlil qilish, og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri tuzish, matn tarjimalarini aniq berish, uslubiy xususiyatlarini yoritish kabi muammolarini hal etishda xizmat qilgan;
zamonaviy tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillaridan, yoyiq, yig‘iq va to‘liqsiz gaplar tasnifiga oid nazariy xulosalaridan “Zamonaviy o’zbek tili. Sintaksis” (2013) va “Hozirgi Uzbek tili” (2020) darsliklarida foydalanish orqali amaliyotga joriy qilingan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5iyundagi 89-03-1931-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu darsliklar badiiy matnda bilim tuzilmalari hamda stilistik va sintaktik jarayonlarning aks etishi, til va nutq birliklarini zamonaviy tilshunoslikning paradigmatik tamoyillar asosida tahlil etish, til taraqqiyotida uning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish, o‘zbek tilida sodda gaplarning umumlisoniy xususiyatlari, shu uch birlikning o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlari kabi aspektlarni o‘z ichiga olgan;
ingliz tilida gap, uning tuzilishi, xususiyatlarini o‘rganish va o‘zbek tilidagi bu kategoriyaning qiyosiy tahlili ta’limning hamma bosqichlarida muhimligi bo‘yicha amaliy xulosalar 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalida madaniy-ma’rifiy mavzudagi “Bedorlik” dasturida hamda “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Hamroh” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 20 mart OZ-RK-15-70-son ma’lumotnomasi).Eshittirish uchun tayyorlangan materiallar qiyoslanayotgan birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshash va farqli tomonlari tahlili har ikki tillar grammatikasi, amaliy grammatikasi, qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik kabi fanlar uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillari, tahlil metodlari, pragmatik stilistika nazariy va amaliy asoslari, diskursda axborot berish nazariyasining ilmiy mohiyati, badiiy matnda bilim tuzilmalari hamda stilistik va sintaktik jarayonlarning aks etishi, hozirgi zamon ingliz tili stilistikasining nazariy va amaliy aspektlarining til va nutq birliklarini zamonaviy tilshunoslikning paradigma tamoyillari asosida tahlil etishga oid materiallardan  2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tillik lug‘atlarini yaratish” va 2012-2013 yillarda bajarilgan YoA-1-06-sonli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv” mavzusidagi amaliy loyihalarda matnda grammatik va leksik-semantik vositalari derivatsion aspektining nazariy hamda amaliy asoslarini aniqlash, til taraqqiyotida uning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganishda foydalanilgan(Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-03-1154-sonli ma’lumotnomasi). Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan  berilgan «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik jamiyatining 56-01/10-sonli “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida “O‘zbekiston ziyoratgohlari” katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” grant doirasida yaratilgan “Pilgrimage places and sacred shrines in Uzbekistan” ingliz tilidagi katalog tarjimasida foydalanilgan (26.05.20. 62-son ma’lumotnoma). Natijada, sintaktik birliklarni o‘rganishning fanlararo xarakteri, ularni tizimli tahlil qilish va tavsiflashning struktur-stilistik aspekti haqidagi materiallardan samarali foydalanilgan. Dissertatsion tadqiqot natijalarining joriy etilishi loyiha doirasida tuzilgan ko‘p tillik lug‘atlar, monografiya va besh tildagi kataloglarning mazmunini boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
hozirgi zamon ingliz tili stilistikasining nazariy va amaliy aspektlari, og‘zaki va yozmanutqni to‘g‘ri tuzish, matn stilistikasini aniq berish, uslubiy xususiyatlarni yoritish kabi muammolar echimiga oid materillardan Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2- CBHE-JP - ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasida foydalanilgan (2020 yil 15 iyundagi 06-136/3-son ma’lumotnoma). Dissertatsiyada keltirilgan an’anaviy va substansial tilshunoslik nazariyalari, zamonaviy tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillari hamda tahlil metodlari, matnda grammatik va leksik-semantik vositalari derivatsion aspektining nazariy hamda amaliy asoslaridan loyiha doirasida professor o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tadbiq qilingan “Ingliz tili” kursini yaratishda foydalanilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish