Ataeva Ranusha Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus tilida  ko‘p cho‘qqili so‘z yasalish uyalari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti  (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.1.DSc/Fil156.
Ilmiy rahbar: Sheremet`eva Anna Gennad`evna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston Milliy universiteti.
IKfaoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor;Denisenko Ol`ga Aleksandrovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon rus tilidagi ko‘p cho‘qqili so‘z yasalish uyalarini paydo bo‘lishi va tuzilishi qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilidagi ko‘p cho‘qqili uyalarning fonematik, aksentli, leksik-morfologik, aksentli fonematik, aksentli leksik-morfologik kabi barcha spektrlarining tasnifi ishlab chiqilgan;
formal leksik variantlar va lisoniy differensiatsiya birliklari asosida ko‘p cho‘qqili uyalar identifikatsiyasi  aniqlangan;
variantli cho‘qqilari bor ko‘p cho‘qqili uyalarning kombinatsiyalangan va kombinatsiyalanmagan turlari dalillangan;
ham sintagmatik, ham paradigmatik xususiyatga ega ko‘p cho‘qqili so‘z yasalish uyalarning struktural kompleks tahlili ishlab chiqilgan;
ko‘p cho‘qqili uyalar tarkibidagi simmetrik, asimmetrik, simmetrik-asimmetrik  uyaostilar tuzilmalari tahlili asoslangan;  
ko‘p cho‘qqili uyalarning cho‘qqisi va tipologiyasining formal variantligining o‘zaro shartlanganligi, rus tilidagi leksik va  so‘z yasalish variativligi o‘rtasidagi munosabatni aniqlashda asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
psixolingvistikaning nazariy masalalari doirasida, so‘z qurilishining psixolingvistik tavsifi, so‘z yasalishida nutq xususiyatlarining rolini belgilash, o‘z ichiga uyalarni sintagmatik va paradigmatik aspektlari tavsifini qamrab olgan ko‘p cho‘qqili so‘z yasash uyalarning matn psixolingvistik tavsifini belgilashdagi o‘rni kabi masalalar echimi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar A-1-39 «O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish» amaliy loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2020 yil 11 yanvardagi 89-03-177-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z yaratilishida so‘zlovchi va tinglovchining ruhiy holati, nutq ishtirokchilari shaxs xususiyatlarining yorqin ochib berilishi masalalari ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
hozirgi zamon rus tilida ko‘p cho‘qqili so‘z yasalish uyalarini hosil qilish qonuniyatlari va ularni tashkil etilishini aniqlash bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniy markazi tomonidan tashkiletilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish doirasidagi ilmiy seminarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniy markazining 2019 yil 28 sentyabrdagi 02-194-son ma’lumotnomasi). Natijada,tinglovchilar hozirgi zamon rus tilini so‘z yasalish tizimining qismlaridan biri – har xil turdagi ko‘p cho‘qqili so‘z yasalish uyalari haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lgan;
dissertatsiya materiallari va ilmiy natijalaridan Andijon viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan «Munosabat»ilmiy-ommabop teleko‘rsatuvi ssenariysinitayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 20-21/65-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalari teleko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan, tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan. hamda muxlislarning mavzu xaqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish