Yunusov Shoxrux Temurmalikovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’limni xalqarolashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi xalqaro hamkorligini rivojlantirishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Ped784.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD. 12/30.12.2019.ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Abdulla Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismadiyarov Yashin Utkirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni xalqarolashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi samaradorligini oshirish uchun uning boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi tushunchasi oliy ta’lim muassasasining tashqi va ichki muhitining muhim xususiyatlarini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan yondashuv strategik va loyihaviy yondashuvlarning uyg‘unlashuvi orqali takomillashtirilib, strategik rejalashtirish asosida uning amalga oshirilishini boshqarish imkoni ochib berilgan;
ta’limni xalqarolashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligini rivojlantirishni boshqarish modeli xalqaro hamkorlikning boshqaruv strategiyasi, loyihaviy amalga oshirish, tashkiliy ta’minlash va baholash mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan to‘rt komponentli tizimni belgilash orqali ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligini ta’minlash asosida oliy ta’lim muassasasi xalqaro hamkorligining aspekt xususiyatlari xalqaro imidj, xalqaro ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’limni xalqarolashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligini rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligini rivojlantirishni boshqarishda strategik-loyihaviy yondashuvni qo‘llash hamda oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi monitoringini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Bosh ilmiy-metodik markazida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-512-son ma’lumotnomasi). Natijada,“Ta’lim tizimi menejmenti”, “Ta’lim sifati menejmenti” yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘quv rejalari va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi zamonaviy tushunchasi, oliy ta’lim muassasasi xalqaro hamkorligi aspekt xususiyatlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda oliy ta’lim muassasalari xalqaro hamkorligini boshqarish modelini ishlab chiqish bilan bog‘liq ilmiy g‘oyalar “O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini xalqarolashtirish va modernizatsiya qilish” 561624-ERR-1-2015-10K-ERRKA2-SVNE-5R: IMEP loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-512-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-asoslangan yondashuv joriy etilgan;
Ekspert so‘rovi natijalarini saralash va tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalari xalqaro hamkorligining to‘rt omilini ajratish natijasida 48 statistik muhim baholash mezonlarini birlashtirish imkonini bergan takliflar, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi monitoringini samarali tashkil etish uchun tashkiliy-pedagogik shartlar belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-4391-sonli Qarori loyihasini ishlab chiqish jarayonida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining nizom va funksional vazifalarini tasdiqlash hamda ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi 891-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi №89-03-512-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining markaziy apparati tarkibida yangi bo‘linma – “Xorijiy talabalar, filiallar va qo‘shma dasturlar bilan ishlash bo‘limi” tashkil etilib, ushbu bo‘limning nizomi va xodimlarining funksional vazifalari belgilangan.