Aronbaev Sergey Dmitrievichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ekotoksikantlarni sorbsion konsentrlash va aniqlashda pivo olishda qo‘llaniladigan achitqi hujayrasi devori asosida olinadigan biosorbentlar», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvoxnoma, LA№0000225/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.K43.

Ilmiy maslahatchi: Nasimov Abdulla Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K.01.02.

Rasmiy opponentlar: Shabilalov Azod Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Babaev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori; Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Saccharomyces cerevisiae achitqi hujayra devori biomassasidan olinadigan biosorbentlar yordamida tabiiy sharoitda og‘ir metallar ionlari, radionuklidlar va boshqa ekotoksikantlarning kichik miqdorlarini konsentrlash hamda suvli muhitda og‘ir metallarni aniqlash usullarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Saccharomyces cerevisiae achitqi hujayra devori asosida olingan sorbentlardan og‘ir metallar guruhlari, radionuklidlar va toksinlarni analitik maqsadlarda konsentrlash uchun qo‘llanilgan;

sorbentlar yordamida dastlabki biosorbsion konsentrlashdan foydalanib, ularning REM va undan kichik miqdorlarini suvli muhitda inversion-vol`tamperometriya aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bor tajriba yordamida achitqi hujayra devorlari biopolimerlarining funksional guruhlarini og‘ir metallar ionlarini o‘ziga xos va o‘ziga xos bo‘lmagan bog‘lanishlariga qo‘shgan hissasi aniqlangan;

biosorbentlarning miqdoriy desorbsiyasi va regeneratsiyasini amalga oshirish «eritma-biosorbent» geterogen sistemasida ion almashinuv jarayonining sol`vatatsion-koordinatsion mexanizmi aniqlangan;

ilk bor kompleks hosil qiluvchi metall ionining nisbiy elektromanfiyligi sorbentning birlamchi sorbsion qobiliyatini taqqoslash uchun muhim ko‘rsatkich ekanligi ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Achitqi hujayrasi devori asosida olinadigan biosorbentlar yordamida tabiiy sharoitda og‘ir metallar ionlari, radionuklidlar va boshqa ekotoksikantlarning kichik miqdorlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kadmiy, qo‘rg‘oshin va mis ionlarini guruhlab inversion-vol`tamperometrik usulida dastlabki biosorbsiyali konsentrlash yordamida aniqlash usuli Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida joriy etilgan. («NTMK» AJning 2016 yil 13 oktyabrdagi 01-01-07/10960-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan usulning sezgirligi ionlarni topish aniqligi saqlab qolingan holda 1–2 tartibga (aniqlashda xato < 10%) oshirish imkonini bergan.

achitqi hujayrasi devori asosida biosorbent olish texnologiyasi O‘zbekiston-Chexiya qo‘shma korxonasining «Pulsar-Group Brewer» MChJga joriy etilgan. («Pulsar-Group Brewery» MChJning 2016 yil 22 martdagi 92-son ma’lumotnomasi). Sintez qilingan biosorbentlarni qo‘llash orqali oqava suvlardan og‘ir metallar konsentratsiyasini boshlang‘ich miqdoriga nisbatan 2,5 marta kamaytirishga erishildi;

og‘ir metallar ionlarining biosorbsiyasida ishtirok etgan funksional gruppalarini aniqlashda fizikaviy va fizika-kimyoviy usullarda tahlil qilish tadqiqotlar natijasi hamda nativ biosorbent olish texnologiyasi va unga magnitboshqaruvchi xususiyat berish modifikatsiyasi amalga oshirish tadqiqotlar natijasi Isroil-Kanada medisina tadqiqotlari institutining ilmiy loyihalarida (0394567 va 034582) foydalanilgan (2016 yil 2 centyabrdagi 514789239-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqotlar natijasida yangi mikroorganizm shtammlari va immunodiagnostikum yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish