Hamraeva Nasiba Abdurasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diagnostika i lechenie sistemnoy krasnoy volchanki v rezko kontinental`nix klimaticheskix usloviyax», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib425.
Ilmiy rahbar: Toirov Erkin Sanatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli qizil yugirik kasalligining xavf omillari va klinik namoyon bo‘lish xususiyatlarini, tashxisotini va yallig‘lanishga qarshi davolash muolajalarining samaradorligini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli qizil yugirik kasalligining rivojlanishida irsiy-genetik, iqlim omillari, salbiy ovqat stereotiplari va bu omillarning ahamiyati va ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasi ko‘p faktorli va dasturiy tahlil natijalari asoslangan;
birinchi marta ACR (1997) klinik mezonlariga kiruvchi teri, bo‘g‘im va buyrak zararlanishlarining keskin kontinental iqlim sharoitida yuqori darajada ekanligi ko‘rsatilgan; 
yallig‘lanishga qarshi S3, S4 komplement tarkibiy qismlari, S-reaktiv oqsil, α – o‘sma nekroz omili, aylanuvchi immun kompleksi ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlili asosida buyrak zararlanishlarining immun tabiatli rivojlanish mexanizmi ko‘rsatilgan; 
maxsus yaratilgan va mostlashtirilgan Lupus Qol (2007) so‘rovnomasi orqali birinchi marta kasallikning ichki psixometrik xususiyatlari va bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlari 8 ta psixometrik shkalada baholash natijalari isbotlangan;
birinchi marta bosqichli (6 oygacha) davolash va kuzatish jarayonida klinik, laborator belgilarining dinamik o‘zgarishlari yallig‘lanishga qarshi terapiya turiga ko‘ra tahlil etilgan hamda sinxron intensiv davolash va boshqa turdagi yallig‘lanishga qarshi davo usullarining samaradorligi qiyosiy baholangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Keskin kontinental iqlim sharoitida tizimli qizil yugirik kasalligining diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Tizimli qizil yugirik kasalligini xavf omillarini dasturiy aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2019 yil 5 noyabrdagi 8n-r/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma keskin kontinental iqlim sharoitida tizimli qizil yugirik kasalligining xavf omillari va kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida  tashxislash va davolash imkonini bergan;
Keskin kontinental iqlim sharoitida tizimli qizil yugirik kasalligining tashxislash va davolash bo‘yicha tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar va Samarqand tumani tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 8n-z/39-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi keskin kontinental iqlim sharoitida tizimli qizil yugirik kasalligining rivojlanishda irsiy moyillik (58,7%), iqlimning salbiy ta’siri (73,8%) va oziq-ovkat stereotiplari (87,5%) tizimli qizil yugirik kasalligi uchun asosiy xavf omillari deb hisoblanib, irsiy premorbid holati keskin kontinental iqlim omillari va oziq-ovkat stereotiplardagi buzilishlar bilan o‘zaro o‘rta hamda yuqori darajada (r=0,72 va r=0,50) korrelyasion bog‘liqligi yaratilgan dasturning revmatologiya amaliyotida samarali qo‘llash tizimini yaratish va samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish