Ashirmatov Hayot Xaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi zamon nanotexnologiyalar taraqqiyotining sinergetik tahlili», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal374.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Shermuhammedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ochilov Jamshid Abdurashidovich, falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nanotexnologiya tushunchasining mohiyati,  nanotexnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari, ontologik va gnoseologik jihatlarini sinergetik tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Nanotexnologiya” tushunchasining ontologik (nano ob’ektlarning fazo-vaqt o‘lchamiga, ko‘lamiga, o‘zgarishga egaligi) hamda gnoseologik (uning xossalarini tegishli asboblar vositasida bilish, o‘rganish, boshqarish mumkinligi) xususiyatlari sinergetik paradigma va metodlar asosida ochib berilgan;
hozirgi zamon nanotexnologiya imkoniyatlari va yutuqlaridan mamlakatimizda ta’lim berish, fan va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojantirishda foydalanish istiqbollari sinergetik attraktor tamoyilining o‘zini o‘zi tashkillashtirish konsepsiyasi vositasida dalillangan;
nanotexnologiyaning mazmun-mohiyatini ochishda mazkur kategorial tushunchaning ijtimoiy-falsafiy jihatlari sinergetik metodologiyaning barqarorlik va beqarorlikning uzviy birligi qonuniyati vositasida asoslangan;
nanotexnologiyalarning kelib chiqishi, tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari sinergetik konvergent texnologiyalar (NBCS-nano-bio ma’lumotlar va kognitiv-sotsial mazmun) asosida aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Hozirgi zamon nanotexnologiyalar taraqqiyotini sinergetik tahlil etish va ularning ijtimoiy-tarixiy omillari hamda axloqiy, falsafiy mohiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Nanotexnologiya” va “Nanotexnologiyalar sohasining ilmiy-amaliy yutuqlari” tushunchalari, ta’riflari, ularning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, umummetodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlariga oid taklif va tavsilaridan A.J.Xolbekov rahbarligidagi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-20170930396 raqamli “Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy – axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligini 2019 yil 3 iyuldagi 89-03-2676-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
hozirgi zamon nanotexnologiya imkoniyatlari va yutuqlaridan mamlakatimizda ta’lim berish, fan va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojantirishda foydalanish istiqbollari sinergetik attraktor tamoyilining o‘zini o‘zi tashkillashtirish konsepsiyasi vositasida dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyat  “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 57-11/78 raqamli grant loyihasining  “Sog‘liqni saqlash sohasini innnovatsion rivojlantirish bo‘yicha tahliliy tadqiqot olib borish va tegishli takliflar berish” nomli 3-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar  ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 26 iyuldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon nanotexnologiyalarni jalb qilinishi iqtisodiy va ijtimoiy hayotda eng muhim siljishlarga olib kelishiga xizmat qilgan;
nanotexnologiyalarning mazmun-mohiyatini ochishda mazkur tushunchaning ijtimoiy-falsafiy qirralarini sinergetik metodologiyaning barqarorlik va beqarorlik dialektikasi asosida tasniflanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax xududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan tayyorlangan, Jizzax viloyati televideniesi tomonidan 2014 yilning 14 sentyabrida efirga uzatilgan “Bugunning gapi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax xududiy bo‘linmasining 2019 yil 10 sentyabrdagi  20/09-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda bu sohaning rivojlantirilishining ijobiy tomonlari va bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar yuzasidan ko‘rsatuvda muhokama etilgan masalalarni ochib berishda asosiy manba sifatida xizmat qilgan;
nanotexnologiyalarning kelib chiqishi, tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari sinergetik konvergent texnologiyalar (NBCS-nano-bio ma’lumotlar va kognitiv-sotsial mazmun) asosida aniqlanganligiga doir taklif va xulosalaridan Jizzax viloyat  “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 57-11/78 raqamli grant loyihasining “Viloyatda aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va bu boradagi mavjud muammolar tahlili va innovatsion yondashuv asosida takliflar” nomli 4-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar  ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 26 iyuldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy imkoniyatlarni ko‘rsatib berishda har xil falsafiy yondashuvlar (axborot davri, sun’iy intelekt, biopolitik ishlab chiqarish va h.k.ni) va sifatiy yangi ishlanmalarni qo‘llashga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish