Mardanov Husniddin Xolbazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning G.barbadense va G.hirsutum turiga mansub navlarni garmselga bardoshligini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiya etish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Qx146.
Ilmiy maslahatchi: Raxmankulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Chutboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Ibroxim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qurbanov Abror Yorkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G.hirsutum L. va G.barbadense L., turlariga mansub rayonlashgan, istiqbolli va yangi g‘o‘za navlarining tabiiy garmselga bardoshliligi hamda qimmatli xo‘jalik belgilari va morfologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash, garmselga chidamli seleksion ashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba, G.hirsutum L. va G.barbadense L., turlariga mansub rayonlashgan, istiqbolli va yangi g‘o‘za navlarining tabiiy garmselga bardoshliligi qiyosiy baholangan hamda ularning qimmatli-xo‘jalik belgilari va morfologik ko‘rsatkichlariga garmselning ta’siri navlarning genotipiga bog‘liq ravishda yuz berishi aniqlangan; 
ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za navlariga tabiiy garmselning ta’sirini qiyosiy baholash asosida g‘o‘zaning gullash-hosil to‘plash davrida yuz beradigan garmselga ingichka tolali g‘o‘za navlarining bardoshliligi, ya’ni o‘rta tolali g‘o‘za navlariga nisbatan hosil elementlarining ko‘p saqlab qolishi natijasida ularning hosildorligi yuqori bo‘lishi tasdiqlangan;
o‘rganilgan g‘o‘za navlarining hosil shoxlari va ko‘saklar soniga, bosh poyasining o‘sish tezligi hamda hosildorlik kabi belgilariga tabiiy garmselning ta’siri g‘o‘za turlari va navlarining irsiy jihatdan erta, o‘rta va kechpisharligiga bog‘liq ravishda yuz berishi, ya’ni nisbatan tezpishar navlarda garmselning salbiy ta’siri kamroq bo‘lishi hamda pishishning 2-7 kungacha jadallashishiga olib kelishi isbotlangan;
tadqiqotlar asosida o‘rta tolali g‘o‘za navlarining bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit vazni, tola indeksi va tola chiqishiga tabiiy garmselning salbiy ta’siri ularning yaruslarda joylashishiga bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
yuqori harorat va garmselning salbiy ta’siri natijasida o‘rta tolali g‘o‘za navlarining tola uzunligi va mikroneyr ko‘rsatkichi ingichka tolalilarga nisbatan sezilarli darajada yomonlashishi, tolaning yuqori o‘rtacha uzunligi esa, navlarning tezpisharlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda shakllanishi, ya’ni tezpishar navlarga nisbatan kechpishar navlarda yuqori bo‘lishi tasdiqlangan;
tabiiy garmsel sharoitiga bardoshli deb topilgan g‘o‘za navlarini o‘zaro chatishtirish orqali yaratilgan F1 duragaylarida hosil elementlarining saqlanib qolishi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha asosan geterozis va oraliq tarzda irsiylanish yuz berishi, ya’ni 20 tadan kombinatsiyada ijobiy va salbiy geterozis, 11 tasida ijobiy yoki salbiy oraliq irsiylanish yuz berishi kuzatilgan; 
garmselga bardoshli deb topilgan g‘o‘za navlari ishtirokida yaratilgan F1 duragaylarida tola chiqimi yuqori bo‘lgan navga xos tarzda, ya’ni asosan ijobiy geterozis hamda ijobiy oraliq irsiylanishi, tola uzunligi bo‘yicha esa, salbiy geterozis yoki ijobiy va salbiy to‘liq dominant tarzdagi irsiylanishi tasdiqlangan; 
garmselga bardoshli g‘o‘za navlarini o‘zaro chatishtirish orqali yaratilgan F1 duragaylarida tola uzunligi, tolaning solishtirma uzilish kuchi va tolaning uzunlik bo‘yicha bir xillik indeksi ko‘rsatkichlari ijobiy geterozis holda, tola mikroneyri esa, mayin tolali navlarga xos salbiy dominant hamda salbiy oraliq tarzida irsiylanishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning G.barbadense va G.hirsutum turiga mansub navlarni garmselga bardoshligini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiya etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tabiiy garmsel va yuqori harorat sharoitida bardoshli deb topilgan g‘o‘zaning Sulton, Beshqahramon, Istiqlol-14, Jarqo‘rg‘on, O‘zFA-703 navlari 2013-2018 yillarda Surxondaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida 115 ming gektardan ziyod maydonga jloriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18-noyabrdagi №05/020-3748-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan o‘rtacha paxta hosildorlikka nisbatan qo‘shimcha 2,1 s/ga ko‘p paxta xom ashyosi etishtirilgan.
tolasi IV-tipga mansub yaratilgan Istiqlol-14 g‘o‘za navi 2014-2018 yillarda Suxondaryo va Andijon viloyatlarining qishloq xo‘jalik korxonalari va fermer xo‘jaliklarida 5120 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18-noyabrdagi №05/020-3748-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan o‘rtacha 30,1 senter paxta hosili olishga erishilgan.
tabiiy garmselga bardoshli deb topilgan ingichka tolali g‘o‘zaning tola sifati I-Ia tiplarga mansub bo‘lgan Surxon-14, Surxon-16, Termiz-202 va Termiz-208 navlari 2016-2018 yillarda Surxondaryo viloyatida 10 ming gektarga yaqin maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18-noyabrdagi №05/020-3748-son ma’lumotnomasi). Natijada ingichka tolali tola sifati I-Ia tiplarga mansub bo‘lgan g‘o‘zadan paxta xom ashyosi etishtirishga erishilgan.
g‘o‘zaning o‘rta tolali S-2118 naviga seleksiya yutug‘iga patent, NAP 20150015, 27.02.2017 olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18-noyabrdagi №05/020-3748-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza navga nisbatan gektaridan o‘rtacha 3,1 senter qo‘shimcha paxta hosilini etishtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish