Toshev Oybek Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ jinslarini mustaxkamlik xarakteristikasini oldindan kamaytirib ularni portlatib maydalash samaradorligini oshirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T987. 
Ilmiy rahbar: Norov Yunus Djumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parchalanish darajasini oshirish va texnik-iqtisodiy samaradorlikni ko‘tarish uchun kon massivi mustahkamligining kuchsizlantirish zonasida sirt-faol moddalar (SFM) eritmasidan foydalanish orqali burg‘ilab portlatish ishlarini (BPI) olib borish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SFM eritmasining har xil turlarini qo‘llash bilan PM silindrli zaryadini portlatishda zarbli to‘lqin va kuchlanish to‘lqini, shuningdek, pog‘ona erkin yuzasi kuchlanishining qaytgan to‘lqinlari ta’siri ostida kon massivi chuqurligida kuchsizlanish zonasi, uning radiusi SFM eritmasi va sanoat PM solishtirma sarflarining o‘zaro nisbatiga, bir vaqtda portlaydigan zaryadlar soniga, ularning diametriga, Puasson koeffisientiga, portlash sharoitiga, tog‘ jinslarining akustik qattiqligiga va portlovchanlik bo‘yicha jinslar toifasiga bog‘liqlik aniqlangan;
SFM har xil turlarini va eritma konsentratsiyasi aniqlangan va tog‘ jinslari mustahkamligini kuchsizlantirish uchun eng samarali va iqtisodiy maqbul SFM ishlab chiqilgan; 
portlatilgan kon massasining o‘rtacha o‘lchami va SFM eritmasi bilan bir vaqtda portlatiladigan quduqli zaryadlarning kritik miqdori aniqlangan;
sanoat sharoitlarida SFM eritmasi bilan PM quduqli zaryadlarini portlatib hosil qilinadigan tog‘ jinslari massivi mustahkamligining kuchsizlantirish zonasi radiusini aniqlashning kompleks usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xususiyatlarini oldindan kamaytirish bilan ularning portlatib parchalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SFM eritmasi bilan quduqli zaryadlarni portlatib hosil qilinadigan tog‘ jinslari massivi mustahkamligining kuchsizlantirish zonasi radiusini aniqlashning kompleks usuli «Granit» AJ kar`erida joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 13 dekabrdagi  02/6763-19-son ma’lumotnomasi). Natijada SFM eritmalari bilan oldindan to‘yintirish yordamida  ko‘p martali portlatish yuklanishlari ta’siri ostida tog‘ jinslari mustahkamligini kuchsizlantirish imkonini bergan; 
SFM eritmasidan oraliqli PM quduqli zaryadining tuzilmasi «Granit» AJ kar`erida joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 13 dekabrdagi 02/6763-19-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ jinslari massivini portlatib parchalash samaradorligi oshirish, yondosh jinslar mustahkamlik xususiyatlarini, PM solishtirma sarfi va burg‘ilash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
SFM eritmasi yordamida quduqli zaryadlar bilan massiv kuchsizlanishi zonasida  portlatish ishlarini olib borishning usuli «Granit» AJ kar`erida joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 13 dekabrdagi 02/6763-19-son ma’lumotnomasi). Natijada quduqlar qatori o‘rtasidagi va quduqlar o‘rtasidagi masofani 20% ga oshirish, PM solishtirma sarfi va burg‘ilash xarajatlarini 10–15% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish