Xolmatova Vazira Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modal birliklarning gap pragmatik mazmunini ifodalash imkoniyatlari», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4PhD/Fil658.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gap pragmatik mazmunini shakllantirishda modal birliklarning funksional imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nutqiy tuzilmalar ifodalaydigan pragmatik mazmun va vazifaga innovatsion mohiyat bag‘ishlaydigan til birliklari  ilk bora majmuaviy ko‘rinishda tadqiq etilgan;
ta’kid ma’nosidagi nutqiy akt turi ajratilib, betaraflik xususiyatidagi nutqiy tuzilmalar qatoriga qarshi qo‘yilishi isbotlangan;
modal operatorlarning asosiy pragmatik vazifalari, ularning shaklan, semantik va sintaktik variantlashuvining lisoniy-pragmatik hamda diskursiv qoida-qonuniyatlariga amal qilishi dalillangan;
pragmatik mazmunni shakllantiruvchi operatorlarning modal va kommunikativ turlari mavjudligi isbotlangan va ushbu turdagi lisoniy birliklarning funksional jihatlari belgilangan;
yagona bir nutqiy tuzilma tarkibida turli yo‘nalishdagi pragmatik operatorlarning o‘zaro munosabati o‘rganilib,  ularning matnda faollashish shartlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pragmatik mazmunni shakllantirish va rivojlantirish omillarini taqdim etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modal birliklarning pragmasemantik mohiyatini belgilovchi ko‘rsatkichlar tahlili OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonseptlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida qo‘llanishi  natijasida turli guruhdagi modal operatorlarning nutqiy tuzilma tarkibida namoyon bo‘ladigan semantik, pragmatik va kommunikativ jihatlarini tadqiq etish tamoyillarini yanada boyitishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19-martdagi 89-03-1176-son ma’lumotnomasi);
nutqiy aktlar maydonida modal birliklar va ularning variantlarini ajratishning ishlab chiqilgan mexanizmlaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasida foydalanilgan. Natijada, o‘quv adabiyotlarining metodologik asosini shakllantirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1176-son ma’lumotnomasi);
dissertatsiya natijalaridan IZT-20171928 247 raqamli “Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida uy xo‘jaliklarida tadbirkorlik faoliyatini oshirishning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilganligi natijasida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ qobiliyatini oshirish, ta’lim jarayonini optimallashtirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi  89-03-1176-son ma’lumotnomasi);
muloqot birliklari mazmunini lisoniy ifodalashga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati radiosining 2020 yil 13 yanvardagi “Oltin voha” hamda “Ta’lim va islohot” eshittirishlarining ssenariysini tuzishda foydalanilgan. Nutq  hodisalarining mazmuni xamda faollashuv qoidalariga amal qilish eshittirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 fevraldagi 98-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish