Xikmatov Fatxulla Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat siyosatida strategik boshqaruvning zamonaviy hususiyatlari (O‘zbekiston misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos20.
Ilmiy rahbar: Jumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar:  Jo‘raev Yuldash Ochilovich, yuridik fanlari doktori, Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat siyosatida strategik boshqaruvning zamonaviy hususiyatlarini ochib berish hamda O‘zbekiston Respublikasidagi strategik boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strategiya tushunchasi, mohiyati va nazariy asoslaridan kelib chiqib davlat siyosatida strategik boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish va amalga oshirishda mental xususiyatlarni (urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlarga qarshi o‘laroq shaxs qobilyati, imiji, salohiyati, tajribasi kabilarni) inobatga olish lozimligi ochib berilgan; 
mamlakat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida "Aqlli kuch" (“smart power”) va "yumshoq kuch" ("Soft power") strategiyalarining davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirishda resurslari, instrumentlari va imkoniyatlari kengqamrovli ekanligi ochib berilgan hamda undan O‘zbekistonda foydalanish yaxshi samara berishi mumkinligi asoslangan; 
O‘zbekistonning halqaro imijini yaxshilash, mustahkamlash, siyosiy xavfsizlikni ta’minlash, siyosiy riskni boshqarish va inqirozli holatlarning oldini olish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ichki imkoniyatlar bilan birga tashqi sub’ektlar ta’siridan foydalanish samaraliroq ekanligi ochib berilgan;
rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib O‘zbekistonda ham milliy taraqqiyot tizimining barcha sohalarida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish ijtimoiy zaruriyat ekanligi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat siyosatida strategik boshqaruvning zamonaviy hususiyatlari  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
strategiya tushunchasi, mohiyati va nazariy asoslaridan kelib chiqib davlat siyosatida strategik boshqaruvni shakllantirish, rivojlantirish va amalga oshirishda mental xususiyatlarni (urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlarga qarshi o‘laroq shaxs qobilyati, imiji, salohiyati, tajribasi kabilarni) inobatga olish lozimligiga oid xulosalaridan “Fuqarolik jamiyati” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i, 744-070 raqamli guvohnoma) o‘quv qo‘llanmasining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining ilmiy-nazariy, metodologik asoslari” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda, “Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‘ati” (T.: Turon- Zamin-Ziyo. 2017 y. 21 b.t.) nomli lug‘atda, Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanlariga oid mavzularni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 19.02.2020 yildagi №89-03-684 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik asosi takomillashgan. 
mamlakat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida "Aqlli kuch" (“smart power”) va "yumshoq kuch" ("Soft power") strategiyalarining davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirishda resurslari, instrumentlari va imkoniyatlari kengqamrovli ekanligi ochib berilgan hamda undan O‘zbekistonda foydalanish yaxshi samara berishi mumkinligi hamda davlat siyosatida strategik boshqaruvni ishlab chiqish, tahlil qilish va amalga oshirish texnologiyalari, siyosiy kursning strategik ssenariysi texnologiyasi borasidagi takliflardan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-sonli buyrug‘i,  1186-029  raqamili guvohnoma) nomli darslikning “Harakatlar strategiyasi – O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi” deb nomlangan ikkinchi mavzusini, “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” nomli uchinchi mavzusini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining.2020 yil 19 fevraldagi 89-03-684-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik asosi takomillashgan. 
O‘zbekistonning halqaro imijini yaxshilash, mustahkamlash, siyosiy xavfsizlikni ta’minlash, siyosiy riskni boshqarish va inqirozli holatlarning oldini olish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ichki imkoniyatlar bilan birga tashqi sub’ektlar ta’siridan foydalanish samaraliroq ekanligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejaning 51-bandi (Xalqaro talablarga javob beradigan yosh rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining istiqbolli xodimlarini xorijiy davlatlarda malakasi va tajribasini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish hamda ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olishlariga ko‘maklashish), 56-bandi (Ittifoq tizimlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, turli video va audioroliklar tayyorlash) va 57-bandi (“Yoshlarga oid davlat siyosatining targ‘ibotiga bag‘ishlangan ijtimoiy roliklar” tanlovini o‘tkazish) ni ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2020 yil 21 fevral`dagi 04-13/741-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada bildirilgan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilishi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish, yoshlar tashkilotlarining strategik boshqaruvini ishlab chiqish, tahlil qilish va amalga oshirish borasidagi ishlarni yangi yo‘nalishda ishlab chiqilishida nazariy-metodologik manba vazifasini o‘taydi
rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib O‘zbekistonda ham milliy taraqqiyot tizimining barcha sohalarida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish ijtimoiy zaruriyat ekanligiga doir hamda O‘zbekiston davlatining halqaro imijini shakllantirishga qaratilgan strategiyasi ilmiy - amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, Xalqaro munosabatlar axborot tahlil qilish markazi faoliyatida foydalanildi. (Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazining 2020 yil 17 fevraldagi 01/26-son ma’lumotnoma). Mazkur dissertatsiya ishida keltirilgan yangiliklar Xalqaro munosabatlar axborot tahlil qilish markazi faoliyati doirasida ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish