Isanova Gulbahor Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamoatchilik fikrini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy reklama roli oshishining zamonaviy tendensiyalari», 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ss182.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSs.03/30.12.2019.SS.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Nazarov Nasriddin Atakulovich, siyosiy fanlar doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoatchilik fikrini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy reklamaning rolini ochib berish, shuningdek, saylov jarayonlarida hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlari jamoatchilik fikriga ta’sirining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy reklama siyosat sub’ektlari bilan fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga, jamiyat a’zolarining siyosiy maydonda amal qilayotgan manfaatdor guruhlar to‘g‘risidagi axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi asoslangan; 
ijtimoiy-siyosiy reklama, jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari va propaganda o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bir-biridan farqli jihatlari ochib berilgan;
ijtimoiy-siyosiy reklama jamiyatda demokratik tamoyillarni qaror toptirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va ijtimoiy fikrning shakllanishida zamonaviy texnologik omillardan ekanligi ilmiy asoslangan;
ijtimoiy-siyosiy reklamaning jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etish va mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash borasida keng qamrovli vosita ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamoatchilik fikrini shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy reklama roli oshishining zamonaviy tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-siyosiy reklama siyosat sub’ektlari bilan fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga, jamiyat a’zolarining siyosiy maydonda amal qilayotgan manfaatdor guruhlar to‘g‘risidagi axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishiga oid hamda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari va propaganda o‘rtasidagi farq ochib berilganligi borasidagi xulosalardan “Fuqarolik jamiyati” o‘quv qo‘llanmasining “Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda, “Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‘ati” (T.: Turon-Zamin-Ziyo. 2017 y. 21 b.t.) nomli nashrda, Fuqarolik jamiyati, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanlariga oid mavzularni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i, 744-070 raqamli guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevraldagi 89-03-685-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik asosi takomillashgan; 
ijtimoiy-siyosiy reklama, jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari va propaganda o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bir-biridan farqli jihatlari mavjud ekanligi borasidagi xulosalardan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” nomli darslikning “Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi” deb nomlangan o‘n ikkinchi mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i,  1186-029 raqamli guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 fevral`dagi 89-03-685-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar o‘quv qo‘llanmaning bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy reklamaning ahamiyatiga doir nazariy-metodologik asoslari takomillashishiga xizmat qilgan; 
ijtimoiy-siyosiy reklama jamiyatda demokratik tamoyillarni qaror toptirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va ijtimoiy fikrning shakllanishida zamonaviy texnologik omillardan ekanligi hamda aholi barcha qatlamlarining faol fuqarolik pozisiyasini oshirish, ko‘ngilli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularda volontyorlik ko‘nikmalarini oshirish borasidagi takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasi 39-bandi (Yoshlarning siyosiy jarayonlarga faol ishtirokini ta’minlash, joylardagi xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini joylarda yoshlarga targ‘ib etish maqsadida “Yosh deputat” loyihasini o‘tkazish) hamda 42-bandi (Yoshlarning siyosiy bilimlarini mustahkamlash, saylovlarda yoshlarning faolligini oshirish maqsadida “Parlament yoshlar nigohida, O‘zbekiston yoshlari yangi saylov arafasida” mavzusida ochiq muloqotlar o‘tkazish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2020 yil 21 fevraldagi 04-13/740-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada bildirilgan xulosalar, takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilishi respublikamizda kechayotgan islohotlar jarayonida tafakkur o‘zgarishlari bilan bog‘liq jihatlarni keng aholi qatlamiga, ayniqsa, yoshlarimizga chuqurroq tushuntirish va bu boradagi olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-siyosiy reklamaning jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etish va mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash borasida keng qamrovli vositasi ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan 2018-2020 yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahal1a» teleradiokanali orqali efirga uzatilgan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bir qator ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 fevraldagi 01-323-78-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar “Maxalla” telekanali faoliyatining ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarini boyitishga katta hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish